Сунъий интеллект


Sun’iy intellekt haqida tushuncha



Yüklə 413 Kb.
səhifə20/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Сунъий интеллект

8.1. Sun’iy intellekt haqida tushuncha
Inson aqliga xos va o’xshash narsani yaratish va undan murakkab ishlarda foydalanish fikri kadimdan kishilarni uylantirib kelgan. 14 asrda yashagan olim R.Lulliy tushunchalar kvalifikatsiyasiga asoslanib mashina yaratishga xarakat kilgan.
18 asrda yashagan G.Leybnis va R.Dekart bir-biridan mustakil holda xamma fanlar buyicha universal til taklif etishgan. Ushbu taklif sun’iy intellekt rivojiga asos bo’ldi.
Sun’iy intellektning fan yunalishi sifatida rivojlanishi EXM paydo bo’lganidan sung mumkin bo’ldi. Bu narsa 20 asrning 40-yillariga to’g’ri keladi. Shu paytda N.Viner yangi fan kibernetikaga asos soldi.
Sun’iy intellekt termini (artifikalintelligence) 1956 yilda Amerikada taklif etildi. Sun’iy intellekt tan olingandan kup utmasdan u ikki asosiy yunalishga ajraldi: "Neyrokibernetika" va "kora yashik" kibernetikasi. Fakat - hozirgi paytga kelib bu ikki yunalish yana kushilish tendensiyasiga yo’l tutmokda.
"Neyrokibernetika" yunalishini quyidagicha izoxlash mumkin: Uylashi va fikr qilishi mumkin bo’lgan birdan-bir ob’ekt bu-inson miyasidir. Shuning uchun boshqa yaratiladigan fikrlovchi kurilma uning tuzilishini aks ettirishi kerak.
Shunday qilib neyrokibernetika inson miyasiga o’xshash strukturalarni modellashtirishga karatilgan. Fiziologlar tomonidan inson miyasida uzaro boglangan va uzaro amal kiluvchi 10^21 tadan kup nerv tukimalari - neyronlar borligi oldindan aniqlangan. Shuning uchun neyrokibernetika maksadi neyronlarga o’xshash elementlarni yaratish va ulardan amal kiluvchi birikmalar tuzish edi. Bu birikmalarni neyron tarmoqlari (neyroset) deb kabul qilingan.
Birinchi tarmoqlar Amerika olimlari G.Rozenblat va Mak-Kamok tomonidan 50-yillar oxirida yaratilgan. Bunda inson kuzini va uni miya bilan alokasini modellashga xarakat qilingan edi. Ular yaratgan kurilma perientron deb atalgan.
Ushbu kurilma bir kurinishda yezilgan xarflarni ajrata olgan, lekin
uning ikkinchi kurinishini ajrata olmagan, masalan A, kabi kurinish bu kurilma uchun ikkita belgi hisoblangan.70-80 yillarga kelib bu yunalishdagi ishlar kamaya boshladi. Birinchi urinishlar natijasi muvaffakiyatli emas edi. Buni mualliflar usha paytda bo’lgan EXMlar ishlash tezligi past va xotirasi kichikligi bilan izoxlaganlar.
80-yillarga kelib Yaponiyada bilimlarga asoslangan EXM 5-avlod bazasida 6- avlod EXM yaratildi, bu bilan tezlik va xotira kamchiliklari amalda olib tashlandi. Bu kompyuterlar neyrokompyuterlar deb ataldi. Parallel ishlovchi kompyuterlar - transpyuterlar paydo bo’ldi. Neyrokompyuterlar uchun maksad belgilarni ajratish bo’lib koldi.
Hozirgi davrga kelib neyron tarmoqlarini ajratishning uch yunalishi mavjud:
- barcha algoritmlarni bajara oluvchi mikrosxemalar birligidan iborat maxsus kompyuterlar yaratish;
- tez ishlovchi kompyuterlarga asoslangan maxsus dasturlar yaratish;
- yukoridagi ikki yunalishni birlashtirish, ya’ni hisoblash bir kismni maxsus sxemalar, bir kismini dasturlar bajaradi.
"Kora yashik" kibernetikasi yunalishi neyrokibernetikaga qarama-qarshidir.
"Uylovchi" kurilma Qanday kurilgani axamiyatga ega emas. Asosiysi, berilgan kursatmaga u inson miyasidek javob qaytarsa yetarli.
1963-70 yillarga kelib sun’iy intelekt masalalariga matematik mantik usullarini qo’llay boshlashdi. Shu asnoda 1973 yilda Prolog algoritmik tili yaratildi. 70-yillar urtalarida AKShda mutaxassis - ekspertlar bilimini modellashtirish goyasi tugilishi sun’iy intellekt amaliy qo’llanilishida katta turtki bo’ldi. AKSh da birinchi bilimlarga asoslangan tizimlar, ya’ni ekspert tizimlar paydo bo’ldi. MUCIN va DENDRAL nomli meditsina va ximiyada qo’llaniluvchi ekspert tizimlar qo’llanila boshlandi.
80-yillar urtalaridan boshlab sun’iy intellekt tadbirkorlik mashgulotiga aylana bordi. Uz-uzini o’qitish tizimlariga bo’lgan kizikish kuchaya bordi.

Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin