8.3. Bilimlarni tavsiflash modellari Xar xil predmet bulimlari uchun bir kancha bilimlarni tavsiflash modellari mavjud. Ularning kupchiligini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- produksion;
- semantik tarmoqlar;
- freymlar;
- formal mantikiy modellar.
Produksion model.Ushbu model QOIDAlarga asoslangan bo’lib, bilimlarni quyidagicha kurinishda tavsiflaydi:
Agar (shart), u holda (xarakat).
Bu yerda shart deganda bilimlar bazasidan kidirish lozim bo’lgan kurinish asosida berilgan biror suz yeki jumla, xarakat deganda esa shartdagi jumla topilganda bajariladi. Ushbu shart va qadamlar boshqa biror qadam orasida, maksadli, tizim ishini tugatuvchi bulishi mumkin.
Produksion modelni qo’llaganda bilimlar bazasi QOIDAlar to’plamidan iborat buladi. Kerakli QOIDAni topuvchi dastur esa chiqarish mashinasi deyiladi. Ko’pincha chiqarish to’g’ri (ma’lumotlardan maksadni kidirish) yeki teskari (maksaddan uni tasdiklash uchun ma’lumotlarga) buladi. Ma’lumotlar bu - QOIDAlarni bazadan tanlovchi dasturni ishga tushirishga asos buluvchi boshlangich faktlardir.
8.4. Semantik tarmoqlar Semantik termini - ma’noli degan ma’noni anglatadi, semantika esa belgilar ma’nosini aniklovchi, ya’ni simvollar va ob’ektlar urtasidagi
bogliklikni aniklovchi fandir.
Semantik tarmoq bu yunaltirilgan graf bo’lib, uning uchlari tushuncha, yeylari esa tushunchalar urtasidagi munosabatlardir.
Tushunchalar bo’lib abstrakt va konkret ob’ektlar ishlatiladi, munosabatlar esa quyidagi boglanishlardir: bu ("is"), kismga ega ("hasrart"),.ga tegishli ( ),"yaxshi qurish".
Semantik tarmoqlarning xarakterli tomoni - ularda quyidagi 3 xil munosabatlar bulishidir:
- sinf - sinf elementi;
- xossa - qiymat;
- sinf elementi misoli.
Semantik tarmoqlarning bir necha klassifikatsiyasini keltirish mumkin. Masalan munosabatlar tiplari soni buyicha:
- bir jinsli (munosabatning bir tipiga esa)
- bir jinsli emas (xar xil tipli munosabatga ega).
Munosabatlar tiplariga kura:
- binar (munosabat ikki ob’ektni boglaydi )
- n arli (ikkitadan ortik tushunchani boglovchi maxsus munosabatlar bor).
Ko’pincha semantik tarmoqlarda quyidagi munosabatlar ishlatiladi:
- "kism - butun" tipli boglanish ("sinf - sinf kism", "element - to’plam " va xokazo)
- funksional boglanishlar (odatda "ishlab chiqarish", "ta’sir kiladi" kabi fe’llar bilan aniqlanadi).
- mikdoriy boglanishlar (kup, kam, teng...);
- fazoviy boglanishlar (...dan uzok, ...ga yaqin, orkasida, ostida, ustida...).
- vaqtli boglanishlar (oldin, keyin, orasida...);
- atributli boglanishlar (xossaga ega, qiymatga ega...);
- mantikiy boglanishlar (va, yoki, emas) va x.k.
Semantik tipdagi tarmoqda yechimni kidirish kuyilgan savolga mos keluvchi, kuyi tarmoqka mos, tarmoq fragmentini kidirish masalasiga olib kelinadi.