2. Semantik to‘rlarni ifodalash uchun misol
Semantik to‘rlarni xosil qilishni misollar yordamida ko‘rib chiqaylik:
ega
Ob’ektlar biror munosabat bilan bogliq bo‘lsa, ular yoylar bilan birlashtiriladi. Bu munosabatlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- sinfni elementi bo‘lishi mumkin- u ob’ektni shu sinfga kirishini anglatishi mumkin.
M: Albatros qushlar sinfiga kiradi.
- ega bo‘lmoq - ob’ektni qanday xossaga egaligini ko‘rsatadi.
M: Straus uzun bo‘yinli.
- miqdorga ega - bu ob’ektni xossalarini qiymatini anglatadi.
M : Mignozni ikkita akasi bor.
ega
miqdori
- Keltirib chiqarish - keltirib chiqarishi sababini ifodalaydi.
7 – Ma’ruza.
BILIMNI KO’RSATISh UChUN MAXSULOT QOIDALARIDAN FOYDALANISh
Reja:
1. Ekspert sistemalarini (ES) aniqlash. ESlarning xususiyatlari va qo’llanilish sohalari.
2. Teskari zanjirli fikrlash.
3. To’g’ri zanjirli fikrlash.
1. Ekspert sistemalarni (ES) aniqlash. ES larning xususiyatlari va qo’llanilish sohalari.
ESlar – bu sun’iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir.
ESlar maslaxat berishadi, analiz utkazishadi, sinflarga ajratishadi va diagnoz ko‘yishadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza utkazilib, yechiladigan masalalarga yunaltirilgandir. Protsedura analizini ishlatadigan mashina programmalaridan fark qilib, ESlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani xal etishadi, bu sistemalar kupgina xollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarni yechimini topa olish bilan farklanadilar. Ular evristik qoidalar yordamida masalani anik bulmagan kismlarini mantikan to’ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt kamligi uchun butunlay analiz qilib bulmaydigan sistemalarga juda ham to’g’ri keladi.
ESlarning yaxshi tomoni shundaki, ular bilimlarni tuplay olish, uzok vaыt saklash, eskilarni yangilay olish kabi xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar ma’lum bir korxonada ma’lum vaqtgacha mutaxassislarsiz, nisbatan mustakil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni tuplash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qo‘llab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
Sun’iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo‘llanishi ESlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermokda.
Maxsulot sistemalari uchta asosiy komponentlardan iborat:
1. Bilim bazalari yoki qoidalar to’plami.
2. Ishchi xotira.
3. Chiqarish mexanizimi.
Bu sistemada biror masala yechilganda: Bilimlar bazasida kerakli qoidalar to’planadi, konkret masalaga taalukli tuplangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi xotirasida ishlanadi va yangi konun va qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orkali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo’llaniladi:
Birinchi usulda shunday ishlar bajariladi, ishchi xotiralardagi boshlang’ich informatsiyani olish, boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo’llash. Bu usul to’g’ri zanjirli fikrlash deyiladi.
To’g’ri va teskari zanjirli fikrlash jarayonlarini misollar yordamida kurib chikamiz.
Dostları ilə paylaş: |