Sun’iy intellect va axborot tizimlari kafedrasi



Yüklə 82,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü82,34 Kb.
#210247
1   2   3   4   5   6
1 дарс Комп граф кириш

Grafik dizayn 
- bu vizual aloqa vositasi. Oddiy qilib aytganda bu - rasm
surat, illustratsiya, video hamda tasvirlar orqali g'oyalar, ma'no va 
qadriyatlarni ifodalash. Juda kerakli va qiziqarli zamonaviy mutaxassislik.

Grafik dizayn ranglar, tasvirlar, kompozitsiyalar yordamida turli xil 
muammolarni hal qiladi. Bitta yo'nalish orqali har qanday muammoni hal 
qilishning iloji yo'q, shuning uchun grafik dizaynning bir nechta yo'nalishlari 
mavjud. Odatda dizaynerlar bitta yo'nalishni chuqur o'rganishadi, ammo 
bugun siz moslashuvchan bo'lishingiz muhim va sohaning barcha 
tarmoqlariga kirib borishingiz mumkin.


Grafik dizayn yo'nalishlari

🔹
Brendni vizual tanitish uchun grafik dizayn

🔹
Reklamalar dizayni

🔹
Foydalanuvchi interfeysi (UI) dizayni

🔹
Nashrlarning grafik dizayni

🔹
Tovar qadoqlarining grafik dizayni

🔹
Moushn grafika - harakatni tasvirlash

🔹
Interfeys dizayni (interyer/exteryer)

🔹
Grafik dizayndagi illustratsiyalar va ikonalar


Brendni vizual tanitish uchun grafik dizayn

Brend
ing - bu biznes foydasini ko'paytirish uchun qadriyatlarni aniqlashtirish va ularni aniq
tasvirlarga o'tkazish san'ati;

Tovar dizayni - bu tasvirlarda mahsulot yoki xizmatning asosiy ko’rinishi va hissiy
xususiyatlarini aks ettiradigan hamda brend uchun individual vizual muhitni yaratish bo'yicha
shug’ullanuvchi jarayon;

Brend
ning vizual o'ziga xosligi – bu uning tasvirlanishi va kompaniyaning o'z auditoriyasi bilan
qanday bog'liqligini yaratishi bilan bog'liq. Vizual tasvirlashda grafik dizayn korporativ
identifikatsiyadan va brendning yuzini yaratadigan vizual elementlardan foydalanadi. Vizual
ko’rinish kompaniya haqida hikoya qilishi, tajriba va hissiyotlarni insonlarga yetkazishi
mumkin.
💠
Brend dizayni yo’nalishida ishlaydigan dizaynerlar logotiplar, tipografiya, brend ranglari, 
vizitkalar, korporativ firma blankalari va boshqa vositalar bilan ishlaydi.
💠
Brendni bir stilda saqlab qolish uchun dizaynerlar uslubiy qo'llanmalarni ishlab chiqadilar. 
Uning yordamida esa brendning barcha mahsulotlari va vizual vositalarini bir stil va ranglar
asosida tashkil qila oladilar.



📍
Brendning vizual vositalari quyidagilar bo'lishi mumkin:

• logotip;

• brend dizayni tizimi (ranglar, shriftlar, fon, elementlar, uslub, rasmlar va boshqalar);

• BrendBook;

• bularning barchasi uchun maketlar (mockup’lar).

🔰
Bu chuqur bilim talab qiladigan murakkab soha. Dizayner har qanday vizual ko’rinish
bilan bog'liq muammolarni hal qilishi kerak: reklama, qadoqlash, axborot materiallari. 
Vizual ko’rinishni rivojlantirishning har bir bosqichi o'nlab, ba'zida yuzlab dizayn
vazifalarini o'z ichiga olishi mumkin.


Nashrlarning grafik dizayni
❇️
Nashr – bu auditoriyaga berilishi kerak bo'lgan axborotni batafsil va to’liq tushuntirish uchun eng qulay
vosita. Bular kitoblar, gazetalar, kataloglar, jurnallar va boshqa jurnalistik mahsulotlar hisoblanadi. Raqamli
nashrlar ham o’ziga yarasha e’tibor talab qiladi, shu sababdan dizaynning bu yo’nalishida ham dizaynerlar
faoliyat yuritishadi.

Nashrlarning grafik dizaynerlari asosan maketlar bilan ishlaydi hamda ular asosan tipografiya yaratish, 
fotosuratlar va rasmlarni qayta ishlash bilan shug'ullanishadi. Matnning shriftlari va boshqa xususiyatlariga
katta ahamiyat beriladi.

📍
Nashrlar dizayniga misollar:

• Kitoblar va ma'lumotnomalar;

• Gazeta va jurnallar;

• Axborotnomalar va hisobotlar;

• Kataloglar va ko'rsatmalar.

📰
Nashr dizaynerining tashkiliy ko'nikmalari va sxematik dizayn tafakkuri bo'lishi kerak. Rangni boshqarish va
raqamli muhitda chop etish, nashr etish uchun loyihani to'g'ri tayyorlash imkoniyatiga ega bo'lish muhimdir.


Tovar qadoqlarining grafik dizayni

🔹
Har qanday guruhdagi mahsulotlar saqlash, eslab qolinishni ta’minlash va sotish uchun qadoqlashni
talab qiladi. Qadoq dizayni iste'molchiga bevosita bog'liq va sotib olishning yakuniy qarorini belgilashi
mumkin. Quti, butilka, sumka yoki idish jozibali bo'lishi marketingning asosiy qismlaridan biridir.

Dizayner grafikadan tashqari marketing va sanoat dizayni asoslarini tushunishi kerak. Paket ko'rinishini
yaratishda tipografiya, fotosuratlar, rasmlar va tovar xususiyatlarini aks ettiruvchi elementlar ishtirok
etishi mumkin.

📍
Qadoqlar dizayniga misollar:

• Qog'oz va polietilen yorliqlari;

• Karton, plastmassa, metall va yog'och qutilar;

• Shishalar, idishlar, qutilar va oziq-ovqat bilan boshqa idishlar;

• Qadoq, paket va sumkalar. 

📦
Grafik qadoqlash bo'yicha dizayner ma'lum turdagi bosma mahsulot yoki ma'lum bir sohada
ixtisoslashishi mumkin. Ammo har qanday holatda ham u sanoat dizaynini o'rganish qobiliyatiga ega
bo'lishi va xaridorlarning talablariga javob berishi uchun sotuvchilar bilan yaqin hamkorlik qilishi kerak.


Moushn grafika - harakatni tasvirlash

⚡️

Yüklə 82,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin