Namoyish qilish grafikasi
matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish
etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va
chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng
afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish
mumkin.
Injenerlik grafikasi
bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini
avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez,
modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyixalashni ishlarini
avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ilmiy grafika
ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa
jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy
izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda
ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda,
kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi
katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar,
jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.
Ko’rgazmaviy grafika
namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini
yig’indisi integratciyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-
ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so’ngra uni ma`lum vaqt ichida ekranda
ketma-ket ko’rgazma shaklida namoyish etadi. Har bir slaydning ekrandagi tasviri
ovoz va vizual effektlar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor
grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
|