Sun'iy intellekt o'zi nima?


Sun'iy intellektning qanday foydali tomonlari mavjud?



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə17/23
tarix11.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#111357
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
ohunjon 21-22a

Sun'iy intellektning qanday foydali tomonlari mavjud?
Sun'iy intellekt inson xatolarini kamaytiradi. «Inson xatosi» iborasi odamlar vaqti-vaqti bilan xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun paydo bo‘lgan tushunchadir. Kompyuterlar, agar ular to‘g‘ri dasturlashtirilgan bo‘lsa, bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Sun'iy aql bilan qarorlar ma'lum bir algoritmlar to‘plamini qo‘llagan holda ilgari to‘plangan ma'lumotlar asosida qabul qilinadi. Sun'iy intellektning keng miqyosda qo‘llanishi xatolarni kamaytiradi va aniqlik darajasini oshiradi.
Inson salomatligi uchun xavfli tarmoqlarda foydalanish. Bu sun'iy aqlning eng katta afzalliklaridan biridir. SI robotlari odamlar salomatligi uchun xavfli ishlarni ularning o‘rniga bajarishi mumkin. Xususan, bomba zararsizlantirishga, okeanlarning eng chuqur joylarini o‘rganishga, ko‘mir va neft qazib olish, umuman olganda har qanday tabiiy yoki texnogen falokatlarda samarali foydalanish mumkin.
7 kun davomida 24 soat mehnat qiluvchi tizim. O‘rtacha odam tanaffuslarsiz kuniga 4-6 soat ishlashi mumkin. Ammo SI asosida yaratilgan texnologiyalar hech qanday tanaffuslarsiz 24x7 ishlashi mumkin. Ular odamlardan farqli o‘laroq zerikmaydi va charchamaydi.
Qaror qabul qilish jarayonini tezlashtiradi. SI odamlardan ko‘ra tezroq qaror qilishi va harakatlarni bajarishi mumkin. Qaror qabul qilish paytida inson ko‘plab omillarni ham hissiy, ham amaliy jihatdan tahlil qiladi, ammo sun'iy intellekt bilan ishlaydigan mashina dasturlashtirilgan tizim asosida ishlaydi va natijalarni tezroq beradi.
Shuningdek, SI deyarli har qanday sohada ko‘plab ixtirolarni kuchaytirmoqda, bu esa odamlarga aksariyat murakkab muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Sun'iy intellektning qanday zararli tomonlari bor?
Ishsizlik darajasini kuchaytiradi. SI takrorlanadigan vazifalar va boshqa ishlarning aksariyatini robotlar bilan almashtirayotgani sababli, odamlarning ishtiroki kamayib boradi, bu esa ish bilan ta'minlash standartlarida katta muammolarni keltirib chiqaradi. Har bir tashkilot inson omili o‘rniga shu kabi ishlarni yanada samarali bajarishi mumkin bo‘lgan sun'iy intellekt robotlari bilan almashtirishga intiladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin