Sun'iy intellekt o'zi nima?


Odamlar dangasalikka odatlanib qoladi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə18/23
tarix11.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#111357
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
ohunjon 21-22a

Odamlar dangasalikka odatlanib qoladi. SI odamlarning ishini avtomatlashtirishi natijasida dangasalik instinkti kuchayadi. Insoniyat kelajakdagi avlodlarga muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ushbu ixtirolarga odatlanib qoladi.
His-tuyg‘u mavjud emasligi. Hech qanday shubha yo‘qki, samarali ishlash haqida gap ketganda mashinalar ancha yaxshi, ammo ular jamoani shakllantiradigan va ruhlantiradigan insonlararo munosabatlar o‘rnini bosa olmaydi. Mashinalar odamlar bilan aloqani rivojlantira olmaydi, bu jamoani boshqarish masalasida muhim xususiyatdir.
Tafakkurning cheklanganligi. Mashinalar faqat ishlab chiqilgan yoki dasturlashtirilgan vazifalarni bajarishi mumkin.
Sun'iy intellekt foydami yoki zarar?
SI haqida bahslar uzoq yillardan beri davom etib keladi. Bu ayniqsa haydovchisiz transport vositalari ommalasha boshlagandan keyin juda kuchaydi. Ba'zilar ularning ommalashib, odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishlansa, mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini ta'kidlaydi.
Tesla va Space X kompaniyalari asoschisi Ilon Mask sun'iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasi uchun eng katta xatar ekanligini aytib o‘tgan.
«Sun'iy ong insoniyat kelajagi uchun judayam xavflidir. Sun'iy intellekt texnologiyalari insonlarni mehnat bozoridan chiqarib yuboradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin», degan Mask.
Mark Tsukerberg esa Ilon Maskning fikrlariga qarama-qarshi ravishda yaqin 5-10 yil ichida sun'iy intellektning juda katta muvaffaqiyati va foydali tomonlarini ko‘rish mumkinligini ta'kidlagan.
Yaqin kelajakda O‘zbekistonda «Sun'iy intellekt» yo‘nalishi bo‘yicha qanday islohotlar kutilmoqda?
Joriy yilning 17 fevral kuni «Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021−2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Loyihada quyidagi sohalarda sun'iy intellekt texnologiyalari qo‘llanishi ko‘zda tutilgan:

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin