Tafakkurning cheklanganligi. Mashinalar faqat ishlab chiqilgan yoki dasturlashtirilgan vazifalarni bajarishi mumkin.
Sun'iy intellekt foydami yoki zarar? SI haqida bahslar uzoq yillardan beri davom etib keladi. Bu ayniqsa haydovchisiz transport vositalari ommalasha boshlagandan keyin juda kuchaydi. Ba'zilar ularning ommalashib, odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishlansa, mutaxassislarning boshqa bir guruhi esa SIga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini ta'kidlaydi.
Tesla va Space X kompaniyalari asoschisi Ilon Mask sun'iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasi uchun eng katta xatar ekanligini aytib o‘tgan.
«Sun'iy ong insoniyat kelajagi uchun judayam xavflidir. Sun'iy intellekt texnologiyalari insonlarni mehnat bozoridan chiqarib yuboradi. Sababi, robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin», degan Mask.
Mark Tsukerberg esa Ilon Maskning fikrlariga qarama-qarshi ravishda yaqin 5-10 yil ichida sun'iy intellektning juda katta muvaffaqiyati va foydali tomonlarini ko‘rish mumkinligini ta'kidlagan.
Yaqin kelajakda O‘zbekistonda «Sun'iy intellekt» yo‘nalishi bo‘yicha qanday islohotlar kutilmoqda? Joriy yilning 17 fevral kuni «Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021−2022 yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Loyihada quyidagi sohalarda sun'iy intellekt texnologiyalari qo‘llanishi ko‘zda tutilgan:
Qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma'lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilishda;
Bank sohasida:tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit risklarini baholashda;