Qishloq xo‘jaligi sohasida: yerni masofadan zondlash ma'lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan, kombaynlar ishini monitoring qilishda;
Bank sohasida:tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, foydalanuvchilarni masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) va kredit risklarini baholashda;
Moliya sohasida:budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirishda;
Transport sohasida:avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda;
Sog‘liqni saqlash sohasida: inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun;
Prezident qaroriga ko‘zda tutilishicha, sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi. Shuningdek, Sun'iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan.
2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma'lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma'lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma'lumotlar platformasi yaratiladi.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5ta OTMda grant asosida «Sun'iy intellekt» yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi.
Sun'iy intellektning qanday foydali tomonlari mavjud? Sun'iy intellekt inson xatolarini kamaytiradi. «Inson xatosi» iborasi odamlar vaqti-vaqti bilan xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun paydo bo‘lgan tushunchadir. Kompyuterlar, agar ular to‘g‘ri dasturlashtirilgan bo‘lsa, bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Sun'iy aql bilan qarorlar ma'lum bir algoritmlar to‘plamini qo‘llagan holda ilgari to‘plangan ma'lumotlar asosida qabul qilinadi. Sun'iy intellektning keng miqyosda qo‘llanishi xatolarni kamaytiradi va aniqlik darajasini oshiradi.