Iqtisodiy taraqqiyot Accenture konsalting kompaniyasi tomonidan 12ta rivojlangan mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2035 yilga kelib sun’iy intellekt yillik global iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ikki baravar oshirishi mumkin. Ushbu o‘sish uchta muhim jihat bilan xarakterlangan. Birinchidan, bu innovatsion texnologiyalar tufayli mehnat unumdorligining (40 foizgacha) kuchli o‘sishiga olib keladi va ishchi kuchi bilan bog‘liq vaqtni yanada samarali boshqarish imkonini beradi. Ikkinchidan, AI yangi virtual ishchi kuchini yaratadi: bu "aqlli avtomatlashtirish" deya nomlanib, muammolarni hal qilish va o‘z-o‘zini boshqarish funksiyalariga ega bo‘ladi. Uchinchidan, iqtisodiyot turli tarmoqlarga ta’sir ko‘rsatadigan va yangi daromad manbalarini yaratadigan innovatsiyalarning tarqalishidan ham foyda ko‘radi.
McKinsey Global instituti prognozlariga ko‘ra, sun’iy intellekt 2030 yilga borib taxminan 13 trillion AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, bu esa global YaIMni har yili taxminan 1,2 foizga oshirish hisobiga amalga oshiriladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy dunyoning eng xavfli jihati shundaki, u «G‘olib hamma narsani oladi» tamoyiliga asoslangan. Bu esa ijtimoiy keskinlik va xalqaro nizolarni yanada kuchaytiruvchi omil hisoblanadi.
Shuningdek, xalqaro maydonda neft va boshqa yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan kurash kabi ma’lumotlar bazasi uchun raqobat kengayib boradi. Kiberxavfsizlik esa mamlakatlar daxlsizligining bir qismiga aylansa ham ajab emas.
Sun’iy intellekt va xavfsizlik. Robotlar odamlar ustidan hukmronlik qilishi mumkinmi?
Sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy dunyoning eng xavfli jihati shundaki, u «G‘olib hamma narsani oladi» tamoyiliga asoslangan. Bu esa ijtimoiy keskinlik va xalqaro nizolarni yanada kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. Xalqaro maydonda esa neft va boshqa yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan kurash kabi ma’lumotlar bazasi uchun raqobat kengayib bormoqda.
Globallashgan dunyoda rivojlanishning asosiy omili texnik va texnologik taraqqiyot bilan belgilanadi. Shuningdek, ilmiy-texnologiyalar tarmog‘i, iqtisodiyot va xavfsizlik ham bir necha asrlardan beri bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, sinxron tarzda rivojlanib keladi. Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy hayotga yangi omil – sun’iy aql jadallik bilan kirib keldi va kundalik turmushimizda faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, Google eng ko‘p izlangan buyruqlarni eslab qolish va tavsiya qilish imkoniga ega. Shu kabi ulkan ma’lumotlarni yig‘ayotgan korporatsiyalar ularni qayta tahlil qilish orqali siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga faol aralashmoqda. Ma’lumotlar bazasi ustidan nazorat o‘rnatish ko‘plab hukumatlarning asosiy maqsadiga aylanib ulgurdi.