Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 148,43 Kb.
səhifə1/10
tarix18.12.2023
ölçüsü148,43 Kb.
#183987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushun




1-amaliy mashg’ulot . Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi. Asosiy tushuncha va atamalar.


Suniy intellektni yaratish to‘g‘risidagi nazariy izlanishlar XIII asrda yashagan ispan faylasufi, matematiki va shoir bo‘lgan Raymond Lulliy har xil masalalarni yechadigan mexanik mashina yaratishga xarakat qilgan.
XVIII asrda yashagan Leybnits va Dekart bir - biridan alohida universal til taklif etishgan. Lekin, asosan sun’iy intellekt ilmining yo‘nalishi sifatida rasmiy kelib chiqishi XX asrning 40 yillariga to‘g‘ri keladi, ya’ni EHM yaratila boshlagandan so‘ng. Shu paytda Norbert Viner kibernetika faniga asos soladi. 1969 yilda Vashingtonning Dartsmut kolledjida sun’iy intellekt bo‘yicha 1- Xalqaro birlashgan konferentsiya bo‘lib o‘tadi va “sun’iy intellekt” termini
qonunlashtiriladi.
Sun’iy intellektning asosiy yo‘nalishlari:
- Neyrokibernetika;
- “Qora yashik (quti)” kibernetikasi.
Neyrokibernetikaning asosi inson miyasi, ya’ni miyaga o‘xshab fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi, chunki inson miyasi neyronlardan tashkil topgan. Demak, fikrlay oladigan qurilma neyrokibernetika asosi hisoblanib, dasturiy va uskunaviy vositalardan iborat bo‘ladi. Neyronlarni birlashmasi esa neyron tarmoqlari deb ataladi. Bunday neyron tarmoqlarni 1956 - 1965 yillarda Frenk Rozenblat va Mak-Kallakom yaratishadi, ya’ni inson ko‘zini miya orqali bog‘lanish modelini ishlab chiqishadi (alfavitdagi harflarni ko‘rib o‘qiy oladigan modeli edi). Kibernetikaning “qora yashik” uchun esa qurilmaning fikrlash uskunasi qanday bo‘lishidan tashqari, har hil savollarga odam miyasiga o‘xshab javob bera oladigan edi.
1956 - 1963 yillarda insonning fikrlashiga o‘xshagan modellar, algoritmlar va dasturiy vositalar yaratilishi faollashgan.
1970 yillarda AQShda bilimga va ekspert tizimga asoslangan tijorat uchun mo‘ljallangan boshqarish tizimi yaratila boshlandi.
1965 - 1980 yillar ichida Pospelov D.A. boshchiligida yangi yo‘nalish - sitatsion boshqarish termini va tizimi yaratildi.
1988 yilda sun’iy intellekt assotsiatsiyasi tashkil etildi. Sun’iy intellekt asosan bu informatikaning bir yo‘nalishi hisoblanadi va uskunaviy - texnikaviy tizim vositalari asosida insonga o‘xshab fikrlaydigan va har xil masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Intellektual informatsion tizimlarda bilim - bu ob'yektning amaliy faoliyati va professional tajriba asosida olingan qonuniyati hisoblanib, mutaxassislarni ushbu yo‘nalish sohasida masalalarni yechaolishligi, ya’ni strukturalangan ma’lumotlar yig‘indisi hisoblanadi va mantiqiy javob beraoladigan ma’lumotlardir. Bilimlar deklorativ va protsedurali (bajarishni aniqlaydigan) turlarga bo‘linadi.



Yüklə 148,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin