Biron bir maqola yoki qo‘llanmaga taqriz yozish. (1-2 bet)
M3
“Raqamli texnologiyalar” mavzusida tezis yozish. ( 2 bet) RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VA TA’LIM ISTIQBOLLARI Muallif ismi yozilsin Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas.
Raqamli texnalogiyalar asl mazmuni o’zi nima ? “Texnalogiya” so’zi yunoncha “techne”– san’at, mahorat va “logos” – ta’limot so’zlaridan olingan bo’lib, san’at haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni bildiradi. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi. Bu borada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan so‘nggi ikki yil ichida bir qator yo‘nalishlarda kompleks ishlar olib borildi.
Raqamli iqtisodiyot izchil rivojlanishida bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni voyaga yetkazish, ularni mustaqil fikrlaydigan, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham hisoblanadi.
Har bir yangi sohada bo‘lgani kabi raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ham malakali kadrlar masalasi ustuvorlik kasb etadi. Tan olish kerakki, bu muammo har doim ham
dolzarb bo‘lib kelgan. Shu o‘rinda bir misol keltirib o‘tsak. Ayni paytda vazirlik va idoralarda rahbarning aynan raqamlashtirish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilinmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantrish vazirligi mana shu lavozimlarga tajribali mutaxassislarni tavsiya qilish, kerak bo‘lsa, ta’minlash uchun javobgardir. Vazirlik mamlakat miqyosida barcha sohalarda raqamlashtirishga mas’ul bo‘lib, ba’zi holatlarda o‘zi uchun professional mutaxassis zarur bo‘lib turgan bir paytda bu bo‘shliqni nimaning hisobiga to‘ldirish zarur? Buning uchun nimalar qilish kerak? Buning ham yechimi topildi, unga mustahkam poydevor qo‘yildi.
So’ngi vaqtlarda “raqamli texnalogiya, raqamli iqtisodiyot” tushunchasi juda ko’p martaqo’llannmoqda. Mamlakatda axborot texnologiyalari izchil rivojlantirilib, aholiga qulayliklar kengaytirilmoqda. Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali 253 xil xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 2021-yilda ularni yana 60 taga ko‘paytirish, 50 dan ortiq xizmatlarni soddalashtirish mo‘ljallangan.
Eng muhimi, bu ishlar sansalorlik, byurokratiya va korrupsiyani kamaytirib, vaqt va mablag‘larni tejash, unumdorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi farmoni bilan “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasi tasdiqlangan edi. Ushbu strategiyaga muvofiq, 2020—2022-yillarda hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarmoqlar bo‘yicha 443 ta loyiha ishlab chiqilib, bugungi kungacha 194 tasi tatbiq etildi. Hududlarda dasturdagi 1 ming 643 ta loyihadan 1 ming 172 tasi joriy qilindi Oxirgi ikki yil ichida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng ko‘lamli va kompleks ishlar olib borildi. Shu bilan birga, bugungi kunda vazirlik oldida Murojaatnomada aks etgan muhim vazifalar turibdi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish
ko‘zda tutilgan.
“Raqamli Toshkent” konsepsiyasi “Xavfsiz shahar” yirik loyihasi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur loyihani 2019–2023 yillarda respublikamizning barcha hududida bosqichma-bosqich joriy etish zarurligi belgilangan. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida loyihaning yagona texnologik platformasini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni alohida taʼkidlash joiz, Davlat rahbarining “Raqamli O‘zbekiston –2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2.5-bandida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan ishlab chiqilgan qator takliflar ham inobatga olingan. Xususan:
– axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish;
– aholi o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-korxonalarni jalb qilgan holda davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish;
– aholi o‘rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun «Bir million dasturchi» loyihasini amalga oshirish;
– davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalari va malakalarini oshirish mexanizmini rivojlantirish va doimiy takomillashtirib borish;
– raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlarni topish qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o‘rganish imkoniyati); kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni shakllantirish
– o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy darajasini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktablarining asosiy o‘quv dasturlariga doimiy o‘zgartirishlar kiritish;
– g‘oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ‘ib qiluvchi respublika tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) o‘tkazish;
– inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan taʼlimni rivojlantirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun institutsional sharoitlarni yaxshilash va maʼmuriy to‘siqlarni kamaytirish shular jumlasidandir.
Hozirgi kunga kelib dunyoda ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli muammolardan qutqarishda muhim rol o`ynashi endi xech kimga sir emas. Shu tufayli davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag` ajratmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.