Produksion model asosida ishlaydigan tizimlarda ma’lumotlar bazasida bilimlar asosida qurilgan nima saqlanadi?
Produksion model asosida ishlaydigan tizimlarda ma’lumotlar bazasida bilimlar asosida qurilgan qoidalar to’plami saqlanadi. O’z navbatida qoidalar to’plami asosida olingan natijalar ham ma’lumotlar bazasiga to’planib boriladi
CLIPS vositasi bu …
CLIPS (C Language Integrated Production System) — 1984 yilda NASA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan produksion model vositasi hisoblanadi. Ushbu vosita C dasturlash tilida ishlab chiqilgan bo’lib, tez va samarador ishlaydi
Grafning uchlari - tushunchalar, qirralar - bu tushunchalar o'rtasidagi munosabatlar. Asosan uchta turdagi munosabatlar mavjud: ◦ sinf – sinf osti ◦ xususiyat - qiymat ◦ sinf element
Qirralar - bu tushunchalar o'rtasidagi munosabatlar.
Munosabatlarning turlari:
◦ qismi - butun
◦ sinf – sinf osti
◦ element - miqdor
◦ o'ziga xos
◦ mantiqiy
◦ lingvistik
Munosabatlar sonidan kelib chiqqan holda semantic model qanday semantic tarmoqlarga ajratiladi?
Munosabatlar sonidan kelib chiqqan holda bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan semantik tarmoqlarga ajratiladi
Bilimlar bazasining maqsadi bu …
Bilimlar bazasi (Knowledge base) - ma'lum bir sohadagi inson tajribasi va bilimlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasidir. Boshqacha qilib aytganda, kirish va chiqish ma'lumotlari o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatadigan qonuniyatlar to'plami. Bilimlar bazasi (BB) - bu inson bilimlarini qamrab oladigan, uni mashinada o'qiydigan shaklga aylantiradigan va ushbu bilimlardan inson hal qila oladigan muammolarni yechishda foydalanadigan, foydalanuvchiga semantik va mantiqiy operatsiyalarni bajarishga imkon beradigan yaxshi tashkil etilgan ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.