Sun’iy intellekt va uning insoniyat faoliyatida tutgan o’rni oybek Xamdamovich Otaqulov Gulxayo Azamjon qizi Pulatova



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix20.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#187242
1   2   3   4   5   6   7
sun-iy-intellekt-va-uning-insoniyat-faoliyatida-tutgan-o-rni

Sun’iy intellekt o‘zi nima? 
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan 
bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, 
tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan 
shug‘ullanadi. 
Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda 
dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha 
vazifalarning uddasidan chiqa oladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 8 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 930
1990 yillarda sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997 yilda Deep 
Blue nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni 
yenggan tarixdagi ilk kompyuter bo‘ldi. 
Sun’iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson 
superkompyuteri bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga 
javob beradi. Shuningdek, ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan mobil 
yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta ishlovchi Prisma kabi dasturlarni Sun’iy intellekt 
ning yutuqlaridan biri sifatida qayd etish mumkin. Hozirga kelib sun’iy intellekt keng 
ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab 
olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank kartalarining keragi yo‘q. 
Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy intellekt tomonidan insonning yuz 
qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi. 
Foydami yoki zarar? 
Sun’iy intellekt haqidagi bahs-munozaralar qariyb 50 yildan beri davom etib 
kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Ba’zilar ularning 
ommalashib odamlar o‘rnini egallab borayotgani natijasida ommaviy ishsizlik 
ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkinligidan tashvishdalar. Mutaxassislarning boshqa bir 
guruhi esa Sun’iy intellekt ga ijobiy munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirishmoqda. 
Hatto IT- sohasidagi milliarderlar orasida ham turli qarashlar mavjud. 
Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun’iy intellekt ning butun boshli 
sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. 
Maskning fikricha, “Sun’iy intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. 
sun’iy intellekt mehnat bilan bog‘liq ommaviy muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi, 
robotlar hamma ishni bizdan ko‘ra yaxshiroq bajara olishadi. Ilg‘or texnologiyalar 
ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun’iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-
xatarni ko‘rmay qolishlari mumkin”. 
Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi. 
“Bir necha o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, 
Sun’iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi. 
Bu borada Ilon Maskning fikriga qo‘shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni 
tashvishlantirmayotganiga hech tushunolmayman”, – deydi Geyts. 
“Boshqalar” deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan 
bo‘lsa, ajab emas. Chunki, Mark Sun’iy intellektga nisbatan ijobiy munosabatda 
ekanligini bildirar ekan: “Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik 
qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun’iy intellekt ning keng tarqalishi ortidan 
keladigan ijobiy natijani esa, yaqin 5-10 yil ichida ko‘ramiz”, deya Ilon Maskning 
fikriga e’tiroz bildirgan edi. 
Bugungi kunda ayrim davlatlarda robot-hamshiralar, xaydovchisiz transport 
vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatidan foydalanish yo‘lga 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin