157
1957-yilda F.Rozenblatt perseptronlarni tashkil etish
va ishlash tamoyillarini
ishlab chiqdi, shuningdek, dunyodagi birinchi neyrokompyuterni
texnik amalga
oshirish variantini taklif qildi.
1958-yil Jon Fon Neyman neyronlarning oddiy funksiyalarini taqlid qiluvchi
vakuumli naycha tizimini yaratdi.
1959-yilda Bernard Widrow va Marcian Hoff ADALINE (Multiple
Adaptive
Linear Elements) va MADALINE (Multiple Adaptive Linear Elements) modellarini
ishlab chiqdilar. MADALINE telefon liniyalaridagi shovqinlarni bartaraf qilish uchun
moslashtiruvchi filtr sifatida ishlatilgan. Ushbu neyron tarmoq hozirgacha qo'llaniladi.
Xuddi shu yili nevrolog Frenk Rozenblatt perseptron modeli ustida ish boshladi.
Rosenblatt tomonidan qurilgan bir qatlamli perseptron hozirda klassik neyron tarmoq
modeli hisoblanadi. Rosenblatt kirish signallarini ikkita sinfga ajratish uchun o'z
perseptronidan foydalangan. Afsuski, bir qatlamli
perseptron faqat cheklangan
vazifalar sinfini bajarishi mumkin edi. 1969-yilda M.Minski va S.Papertning
"Perseptronlar" kitobi nashr etildi, unda perseptronlar
imkoniyatlarining tub
cheklanishi isbotlangan.
O'zbekiston Respublikasida ham qator olimlar ushbu soha doirasida ishlar oilb
borganlar, Jumladan, akademiklar V.Q. Qobulov, S.S.G'ulomov,
professorlar
A.T.Shermuhamedov, D.A.Xalilov, tadqiqotchilar Q.Rahimov, I.Tojimamatovlarni
ilmiy maqolalarida mavzuga to'xtalib o'tilgan.
Dostları ilə paylaş: