Surxondaryo viloyati denov tumani denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Yüklə 26,7 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü26,7 Kb.
#107827
növüReferat
BUX 8


SURXONDARYO VILOYATI DENOV TUMANI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI



REFERAT

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 8-BH TALABASI RAHMATULLAYEV SARVARNING BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITI FANIDAN TAYYORLAGAN REFERATI


FAN O’QITUVCHISI: ZAFAR SHUKUROV


KIRISH
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektlarda, ularning faoliyat turi va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish, shuningdek uni yanada takomillashtirishga talab oshib bormoqda. Shu bilan birgalikda qayd etish joizki, ayni paytda korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish amaliyoti, korxonalar rahbarlarining barcha talablariga ham javob bera olmaydi. Buning bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud. Ular nafaqat boshqaruv hisobini amaliy joriy etish masalalari bilan, balkim uni tashkil etish va yuritishning nazariy va metodologik masalalari va muammolari bilan ham bog‘liq. Xususan, shu borada olimlar o‘rtasida boshqaruv hisobining funksiyalari, ob’ekti va predmeti, metodi hamda tamoyillari borasida ham turli xil qarashlar va munozaralar mavjud. Korxonalar boshqaruv hisobining vujudga kelishi xarajatlar hisobini tashkil etish va yuritish bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli yo‘nalishlardagi kelgusi va o‘tgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Yana bir muhim holat – bu boshqaruv hisobining bevosita ma’lumotlarning atroflicha tahlilini tashkil etishi bilan bog‘liq bo‘lib, u nafaqat nazariyachi olimlar, shuningdek amaliyotchilar tomonidan ham boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlashda e’tirof etiladi. Boshqaruv hisobi tarkibida ma’lumotlar yig‘iladi, guruhlanadi, identifikatsiya qilinadi, tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini natijalarini to‘liq aks ettirish hamda korxonaning foyda olishda qatnashish darajasini aniqlash maqsadlarida o‘rganiladi. Hisob siyosatida ishlab chiqarish faoliyatisamaradorligi amaldagi va rejadagi xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini taqqoslash jaranyoni sifatida keltirib o‘tiladi.


MUHOKAMA VA NATIJALAR

T/r

Me'yoriy hujjatning nomi

Qabul qilingan vaqti

1

«Buxgalteriya hisobi to’g'risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan

2

«Mahsulot (ish va xizmat)lar tan-narxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g'risidagi Nizom»

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror bilan o’zgar-tirishlar kiritilgan)

3

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-sonli milliy standarti

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan

4

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to’g'risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 avgustda 484-son bilan ro’yxatga olingan

5

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo’jalik yurituvchi sub'ektlar moliya-xo’jalik faoliya-tini schetlar rejasi va uni to’llash bo’yicha Yo’rio’noma» nomli 21- sonli milliy standarti

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan

Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me'yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bog'liq. Mamlakatimiz qonunchiligida xo’jalik yurituvchi sub'ektlarda boshqaruv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgilab beradigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ifodalash mumkin
Ushbu jadvalda keltirilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar xo’jalik yurituvchi sub'ektlarda boshqaruv hisobi elementlarini joriy etishga imkon beradi. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi» to’g'risidagi Qonunning 7-moddasiga ko’ra, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. SHuningdek, rahbar ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini ta'minlashi shart. Bu holat esa korxonada boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilashga korxona rahbari javobgar ekanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, «Mahsulot (ish va xizmat)lar tan -narxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi t o’g'risidagi Nizom»da ishlab chiqarish va davr xarajatlarining tarkibi, tasniflanishi hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi k o’rsatib berilgan. Unga muvofiq, barcha xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi: - mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; - ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin davr xarajatlari tarkibiga kiritiladigan xarajatlar; - 9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar» schetlarida hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar; - 9720-«Favquloddagi zararlar» schetida hisobga olinadigan favquloddagi zararlar. Bu esa o’z navbatida korxonalarda boshqaruv hisobining muhim elementi hisoblangan xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini oqilona tashkil etishga ko’maklashadi. Shu o’rinda, respublikamiz korxonalarida mahsulot tannarxini hisoblashni rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobida keng qo’llanilayotgan «Direkt- kosting» hisob tizimiga yaqinlashtirishda ushbu Nizom va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to’g'risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, boshqaruv hisobi schetlar rejasini ishlab chiqish, mazkur schetlarning o’zaro bog'liqligini ifodalash korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo’jalik yurituvchi sub'ektlar moliya- xo’jalik faoliyatini schetlar rejasi va uni o’o’llash bo’yicha Yo’riqnoma» nomli 21-sonli milliy standarti amal qilmoqda. Ushbu schetlar rejasi 9 ta bo’lim, 249ta balans va 14ta balansdan tashqari schetlardan iborat. Ularda moliyaviy va boshqaruv hisobida sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishning umumiy tartibi bayon etilgan. Korxonalarda boshqaruv hisobining me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentar) hisobotlari alohida o’rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to’g'risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) t o’g'risida, xarid qilingan qiymatliklar to’g'risida, tayyor mahsulot zahiralari to’g'risida, sotishlar to’g'risida, pul mablag'lari harakati to’g'risida, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g'risida hisobot kabilardan iborat bo’ladi. Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari korxona rahbariyatini javobgarlik markazlari (bo’linmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to’g'risidagi axborotlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va moliyaviy b o’limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir o’ismini berilishiga imkon tug'dirdi. Buxgalter va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo’yicha iqtisodchi, mehnat va ish hao’i bo’yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta'minoti bo’yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib o’tdilar. Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealarni qayd etuvchi xizmat turiga aylanib qoldi. Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechilib, ko’p ukladlilik, biznes rejalashtirish, erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlarning javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk egasiga ko’p sonli xodimlarni saqlab turish samarali b o’lmay qoldi. Bu holatlar mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi. Boshqaruv hisobining shakllanishi bilan buxgalter-analitik zimmasiga nafaqat xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, balki korxona hisob siyosatini shakllantirish, byudjetlashtirish, loyihalar tahlili, segmentlar bo’yicha xarajat va daromadlarni hisobga olish, ichki xo’jalik transfert baholarini o’rnatish, hisob tizimini kompyuterlashtirish kabilar ham yuklatildi. Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobini qo’llashda ma'lum qiyinchiliklar mavjud. Ko’pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning ob'ektlari va sub'ektlari ma'lum bo’lganligiga qaramasdan buxgalterlarning k o’p vaqti shu masala bilan band bo’lib, boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun vaqt etishmasligini ta'kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning k o’rsatishicha, buxgalterning buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi kuchaya boshladi. Keltirilgan rasmdan ko’rinib turibdiki, respublikamizda boshqaruv hisobini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: - korxonalar faoliyatini byudjetlashtirish (rejalashtirish); - boshqaruv hisobini yuritishga mo’ljallangan yangi schetlar rejasini ishlab chiqish; - xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul va tizimlarini qo’llash imkoniyatlarini baholash; - investitsiya loyihalari bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish; - segmentlar bo’yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish; - korxonalarda transfert bahoni shakllantirish usullarini joriy etish. Korxonalarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to’g'riligini kuzatib borish mumkin. Mamlakatimizda boshqaruv hisobining rivojlanishi mavjud buxgalteriya hisobi tizimining ikki mustaqil: moliyaviy va boshqaruv hisobi schetlar rejasiga bo’linishiga olib keldi. Boshqaruv hisobining kontseptsiyasi schetlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razryadli buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to’rt razryadli tizimga o’tish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu amaliyotda qo’llanib kelinayotgan schetlar rejasi bo’lib, bunda barcha schetlar balans tuzishda ishtirok etadi. To’rt razryadli schetlar tizimi ularni to’rtta razryadga ajratadi: a) balans schetlari ya'ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schetlar; b) operatsion, “Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” usuli bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo’llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schetlar (1.2.-jadval). Korxonalarda xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining zamonaviy usul hamda tizimlarini qo’llash ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini to’g'ri aniqlash, chetlanishlar hisobi va tahlilini yuritish kabi imkoniyatlarni beradi. Ularga «Direktkosting», «Standart-kost», «JIT», «ABC», «SCA» va «FQT»larni kiritish mumkin.



Yüklə 26,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin