Surxondaryo viloyati sharoitida dorivor o’tkir bargli sano (senna angustifolia L) O’simligini introduksiyasi


Keywords: root, intrusion, mineral fertilizer, leaf, temperature, flower, moisture, seed, soil, legume. Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 49,17 Kb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü49,17 Kb.
#98636
1   2   3   4
sano maqola 1-LOTIN

Keywords: root, intrusion, mineral fertilizer, leaf, temperature, flower, moisture, seed, soil, legume.
Mavzuning dolzarbligi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, mavjud dori-darmonlarning 60% ni dorivor
o‘simliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil
etadi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 112 tur dorivor o‘simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, ushbu dorivor o‘simliklarning 80% ni tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar tashkil etadi. Tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarning ham xomashyo zahirasi chegaralangan bo‘lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, xomashyo zahirasidan to‘g‘ri foydalanish va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. [6]
Dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlarini chuqur o’rganish, ko’paytirish choralarini ishlab chiqish va sanoat uchun xom-ashyo tayorlash uslublarini tadbiq etib ishlab chiqishni yo’lga qo’yish zarur. Buning uchun biz chetdan keltirilgan dorivor o’simliklardan Sano- Cassia L turlarini o’rganish uchun tanlab oldik. Sanoning uchta turi Cassia angustifolia, Cassia acutifolia va Cassia obovata turlarining o’tgan 19 asrda O’zbekistonning janubiy quruq subtropik iqlim sharoitida o’stirish uchun tavsiya etilgan bo’lsada, bu o’simliklar ommalashib ketmadi. Ma’lumki sano turlari qadimdan xalq tabobatida, amaliy tibbiyotda keng qo’llanilib kelgan.
Sano-Sezalpindoshlar oilasiga mansub bo’lgan ko’p yillik butasimon o’simlik bo’lib, uning dunyo miqyosida ko’pgina turlari tarqalgan. Sanoning 12 turi: C. albus, C. acutifolia, C. angustifolia, C. alata C. fistula, C.hirsuta,C.italica, C. laevigata, C.mimosoides, C. occidentalis, C. rugosa, C. Tora kabi turlari turli hududlarda ekib o’stiriladi va ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Osiyo mamlakatlari, Shimoliy Amerika va Evropada xam ekiladi. Sano- Cassia yovvoyi holda Sudan, Afrikaning Qizil dengiz bo’ylarida, Sharqiy Ximolay tog’larigacha, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Yaponiya mamlakatlarida uchraydi va shu hududlarda madaniylashtirilgan. [3]
Sobiq Ittifoq hududida Belorusya, Ukraina, Qozog’iston, Krasnadar va Kavkazda ekib o’stiriladi. Sano asosan xalq tabobatida surgi va oshqozon ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Sanoni turli mamlakatlarda bargi, urug’i, ko’sagidan kasalliklarni davolashgan. Undan bezgakda, isitmada choy va kofe surrogati sifatida, yosh bargi dukkagidan sabzavot sifatida, alkagolsiz ichimliklar tayyorlashda qo’llaganlar. Uning bazi turlari manzarali, yashil devor qilishda, chorva uchun ozuqa va siderat o’g’it sifatida ishlatganlar. Sano tarkibidagi kamed moddasi gijjaga qarshi, amyoba kasalligida emulgator tayyorlashda ham foydalanilgan, ba’zan tamakiga qo’shimcha sifatida aralashtirganlar. Sanoning Cassia angustifolia turini N.I Vavilov dorivor istiqbolli turlar qartoriga qo’shgan. U sanoning vatanini Hindiston deb ajratgan (madaniy o’simlik ishlab chiqish markazlaridan).[2]
O’rta Osiyoda Cassia angustifolia va Cassia acutifolia turlari bir necha yuz yil ilgari xam ma’lum bo’lgan. Qozog’iston janubida Turkmanistonda 200-370 ga maydonlarda ekilgan. Sturta- sanosi Cassia sturtii- chiroyli manzarali butasimon tur janubiy Avstraliyaning saxro hududida o’sadi. Uning g’arbiy Osiyo hududida chorva uchun ozuqa sifatida o’rni beqiyos, sturta sanosining har bir gektaridan bir tonnagacha hashak olish mumkin. Ba’zi hududlarda ko’rkam sano yani Cassia spectabilis turi ham manzarali tur sifatida e’tiborga molik tur hisoblanadi.[4]
Sano turlarining issiqqa, qurg’oqchilikka, sho’rlanishga chidamligi tuproq unumdorligi va suvga nisbatan talabchan emas. Shu boisdan bu o’simlikni O’zbekistonning janubiy qismi Surxondaryo viloyatida ekib o’stirish o’tgan asrning 30-40 yillarida O’zbekiston olimlari tomonidan tavsiya etilgan. Ammo bu o’simlik hozirgacha e’tibordan chetga qolib kelganligi bois, uni ekib o’stirish, introduksiya qilish masalalari bilan shug’ullanishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Biz sanoni quruq subtropik iqlimli Surxondaryoning Termiz, Angor, Denov, Sho’rchi, Sariosiyo tumanlarida ekib ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Uning vatani Arabiston, Sudan va Nil daryosining atrofida bo’lib, sovuq kunlari 5-10 oC dan pastga tushmaydi.

Yüklə 49,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin