Surxondaryo viloyati sharoitida dorivor o’tkir bargli sano (senna angustifolia L) O’simligini introduksiyasi



Yüklə 49,17 Kb.
səhifə4/4
tarix15.04.2023
ölçüsü49,17 Kb.
#98636
1   2   3   4
sano maqola 1-LOTIN

1-jadval chirindi (gumus)
Termiz tumani

Namuna olingan chuqurlik 50 sm

Gumus miqdori, %.

Hajm massa, g/sm3

Gumus zahirasi, kg/sotix

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

15sm

0,42

0,45

1,31

1,30

27,51

29,25

30 sm

0,36

0,39

1,34

1,35

24,12

26,32

50 sm

0,11

0,12

1,45

1,45

7,97

8,7

O‘rtacha
xisobda

0,29

0,32

1,36

1,36

19,86

21,42



2-jadval chirindi (gumus)
Uzun tumani

Namuna olingan chuqurlik 50 sm

Gumus miqdori, %.

Hajm massa, g/sm3

Gumus zahirasi, kg/sotix

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

Ekishdan
oldin

Ekishdan
keyin

15sm

0,89

0,90

1,36

1,35

60,52

60,75

30 sm

0,82

0,84

1,38

1,37

56,58

57,54

50 sm

0,42

0,43

1,46

1,48

30,66

31,82

O‘rtacha
xisobda

0,71

0,72

1,4

1,4

49,25

50,03

Tuproq tarkibidagi yalpi NRK miqdori bitta tuproq tortimini konsentrlangan sulfat kislatada (xlor kislota ishtirokida) kuydirish asosida aniqlandi.


Tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdorini Machigin Protasov usulida aniqlandi. Tahlilning mohiyati. Tuproqdagi fosfor va kaliyning harakatchan birikmalari ammoniy karbonatning 1 % li eritmasi (rN9) yordamida 25 ±2° S da siqib chikariladi.
Tuproqdagi gidrolizlanadigan azot miqdorini Kornfild usulida aniqlandi. Tahlilning mohiyati. Organik moddalarning ishqoriy gidrolizlanishidan hosil bo‘ladigan ammiak mikrodiffuz usulida ushlab qolinadi. Ushbu usulda ammiakdan tashqari almashinuvchan ammoniy miqdori ham hisobga olindi.
Tuproq tarkibidagi nitratli azot miqsorini Grandval- Lyaju usulida aniqlandi. Tahlilning mohiyati. Aniqlash nitratlar va disulfofenol kislotaning o‘zaro ta’siri natijasida sariq tusli nitrobirikma hosil bo‘lishiga asoslangan:
S6N3(NSO3)2ON+3HNO3 = S6N2(NO2)3ON+2N2SO4 + 2N2O.

Tuproqning rN muhiti va azot, fosfor, kaliy miqdori 3-4-jadvallarda umumlashtirib berilgan.




3-jadval
Termiz tumani

Fosfor bilan taminlanganlik darajasi

Juda past

Harakatchan R2O5 — 43,36 mg/kg

Kaliy bilan taminlanganlik darajasi.

Kam

Harakatchan K2O - 72,55 mg/kg

Azot bilan taminlanganlik darajasi

Nitratli azot N-NO3

1,86 mg/kg

gidrolizlapadigan azot N-NH4

0,69 mg/kg

Tuproqning vadorod ko‘rsagichi (rN)

rN

7,2 ishqoriy

4-jadval
Uzun tumani

Fosfor bilan taminlanganlik darajasi

Juda past

Harakatchan P2O5 — 55,31 mg/kg

Kaliy bilan taminlanganlik darajasi.

Kam

Harakatchan K2O - 75,14 mg/kg

Azot bilan taminlanganlik darajasi

Nitratli azot N-NO3

2,89 mg/kg

gidrolizlapadigan azot N-NH4

0,71 mg/kg

Tuproqning vadorod ko‘rsagichi (rN)

rN

7,4 ishqoriy

O‘simlik va mikroorganizmlar xayotida tuproq eritmasining reaksiyasi (rN) muhim ahamiyatga ega. Fiziologik jixatdan o‘simliklar uchun eng qulay sharoit tuproq eritmasi reaksiyasi neytralga yaqin bo‘lgan muhit hisoblanadi. Tuproq eritmasi reaksiyasi neytral atrofida bo‘lganda o‘simliklarni oziqlanishidagi mineral va azotli birikmalar eng qulay holatda bo‘ladi. Kislotali muhitda (rN-5,5 dan past bo‘lganda) nitrifikatsiyalovchi mikroorganizmlarning faoliyati susayib nitratlarning yetishmasligi hamda fosforning bir qismini suvda deyarli erimaydigan temir va aluminiy fosfatlari holiga o‘tib qolishi bilan fosforning o‘zlashtirilishini kamayishi yuzaga keladi. Xuddi shunday xol muxit rN darajasi 7,5-8 dan yuqori bo‘lgan ishqoriy muhitda ham ro‘y beradi.


Tajriba dalasi tuproqning haydov (0-30 sm) va haydov osti (30-50 sm) qatlamlarida nitrat shaklidagi azot 1,86-2,89%, harakatchan fosfor 43,36-55,31%, va almashinuvchi kaliy miqdori 72,5-75,14 mg/kg ni tashkil qilib, oziqa unsurlari bilan kam darajada ta’minlangan. Bu tuproqlar karbonatlarga boy, sizob suvi sathi 1,5-2,0 m chuqurlikda, mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumoq, sho‘rlanishga moyil mikrostrukturali tuproqlar sirasiga kiradi.
Bu o’simlikni urug’ini dastlab maxsus paketcha (idishlarga) qadab so’ngra unib chiqqan ko’chatlarni ochiq maydonlarga ekaboshladik. Keyinchalik esa urug’larni to’g’ridan-to’g’ri ekish maydoniga tayyorlab egatlarga ekishni boshladik. Sanoning pishib etilgan urug’ini avgust, sentyabr oylarida yig’ib oldik, sano o’simligini gullash va urug’ tugishi iyul oyidan toki noyabr oyigacha davom etganligi bois bir necha marta dukkaklarini terib oldik.
Yaxshi pishib etilgan urug’larni tanlab sifatli urug’larga ajratdik. Sano urug’ining ming dona urug’ vazni 15-20 gr uning unib chiqish energiyasi qobiliyati 80-90% ni tashkil etdi. Ekish uchun yaxshi pishib etilgan sifatli to’q urug’lari tanlanadi. Buning uchun urug’lar suvda ivitildi, puch urug’lar suv yuzaga chiqqanda yaxshilari ajratib olindi. Biz sanoni havo harorati 25-28 oC, tuproq harorati 22-25 oC bo’lganda egatlarga ekdik.
Ekishdan oldin urug’ po’sti qalin bo’lganligi bois qum bilan ishqalab stratifikatsiya qildik va iliq suvda (30-40 oC) 8 soat ivitib qo’ydik. Urug’lar ivitilgandan so’ng, may oyining birinchi o’n kunligida oltinchi may kuni yerga ekildi. Urug’larni ekishdan oldin quritib oldik va qo’lda 2-3 sm chuqurlikda sug’oriladigan ekin maydoniga 60x70 sxemada ekdik. Urug’ sarfi 3,5-4kg 1ga ni tashkil etdi. Nihollarning unishi birin-ketin sodir bo’ldi, urug’lar 3-4 kun ichida 70-75%, 5-6 kunda yoppasiga 90-95% unuvchanlikni ko’rsatdi.
Ekishdan oldin uchinchi may kuni sano ekiladigan maydonni yaxshilab sug’orib oldik, oltinchi-may kuni urug’idan ekilgan sano o’simligi ikki hafta o’tib 20-may kuni urug’ palla barglaridan so’ng, birinchi chin barglari hosil bo’la boshladi, maysaning bo’yi 8- sm gacha etdi, ikkinchi marotaba suv qo’yilgandan so’ng begona o’tlardan tozalandi 3-4 iyun kuni sano o’simligini er ustki qismi 32-40 sm gacha etgandi.
Dastlabki chin barglari uzunligi 2sm dan 4,5 sm gacha uzunlikda, eni 1,5-2 sm to’g’ri keldi, barglarining rangi to’q yashil. Sanoda 15 iyun kunidan boshlab gul kurtaglari ko’rina boshladi, 23 iyun kuni esa birinchi gul kurtaglaridan gullar ochila boshladi. Urug’idan ekilgan kundan 45- kun ichida gulladi. Sano yalpi gullash davrida arilar va boshqa hasharotlarning o’simlikni nektar va gul changini olishini kuzatdik.
Demak, bu o’simlikni chetdan changlanadigan turga kiritish va asalarichilikda foydalanish mumkin. Keyingi mavsumlarda bu o’simlikning gullash biologiyasini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik. Sano o’simligi vegetatsiya davomida to’rt marta sug’orildi, to’rtinchi suv gullab urug’ xosil qilgan vaqtida berildi. Angor, Termiz tumanlari ba’zan kuchli afg’on shamoli esib turadi. Bu esa sanoning novdalarning sinib qolishiga, guli va mevalarning to’kilishiga olib keladi. Shu boisdan sano ekiladigan ekin maydoni tanlashda bu xolatni xisobga olish zarur. Sano ekilgan maydon shamoldan ximoyalangan yoki ixotalangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Agrotexnik tadbirlar: erni ekishdan oldin 30-40sm chuqurlikda yaxshilab xaydaladi va boronaladi, ekishdan oldin yaxshilab sug’oriladi so’ngra ekilgan urug’lar yoppasiga unib chiqadi. Nihollari ko’p bo’lsa 1 metrga 3-4 tadan qoldirilib yagona qilinadi. Oradan 20 kun o’tib qator oralariga ishlov beriladi, yumshatiladi va begona o’tlardan tozalanadi. Sano o’simligi yorug’sevar, issiqsevar o’simlik bo’lib, tuproq unumdorligiga, namlikka nisbatan talabchan emas, ammo mahalliy o’gitlar, mineral o’g’itlar bilan oziqlantirilsa yaxshi natija beradi. [1].
O’simlik shoxlana boshlaganda 30kg\ga azot, 20kg\ga fosfor, gullash bashlagan vaqtda 20kg\ga azot, 30kg\ga fosfor o’g’itlar solish tavsiya etiladi, bu esa hosildorlikni oshiradi. Vegetatsiya davri uzoq vaqt davom etadi. 2020-yil noyabr oyida sano vegetatsiyasi 175 kun davom etdi. Lekin butun mavsum davomida gullab, meva hosil qildi. Sano o’simligi bo’yi 1,95sm gacha etdi. Bitta o’simlikdan 7-8 ming donagacha urug’, bir dona dukkagida 20-44 dona urug’ bo’ladi.
Yuqorida qayd etilgan kuzatish va tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi xulosalarni berish mumkin.
Xulosalar.
1. Tuprok taxliliga kura Termiz tumani tuproklari Fosfor bilan taminlanganlik darajasi juda past, kaliy bilan kam darajada, azot bilan kam darajada va rN 7,2 ishqoriy, Uzun tumani tuproqlari Fosfor bilan taminlanganlik darajasi juda past, kaliy bilan kam darajada, azot bilan kam darajada va rN 7,4 ishqoriyligi aniqlandi.
2.Sanoning azot to’plash xususiyati borligi tuproq unumdorligini yaxshilaydi.
3. Mahalliy o’g’itlar ijobiy natija beradi va mineral o’g’itlar kam ishlatiladi.
4. Vegetatsiya sharoitiga qarab 3-4 marta sug’oriladi.
5. Sanoning gullash biologiyasi va urug’ mahsuldorligi o’rganish davom etish zarur.
6. Sano baland bo’lib o’sishi sababli kuchli shamollarga bardosh beradigan ximoyalangan maydonlar talab etiladi.
7. Sanoning ekishda urug’ sarfi 3,5-4 kg/ga ni tashkil qiladi.
Adabiyotlar:

  1. Vulf Ye.V, Maleeva O.F. “Spravochnik” Mirovыe resursы poleznыx rasteniy. Izdatelstvo «Nauka» Leningradskoe otdelenie 1969. -564 s.

  2. Vavilov N.I. «Proisxojdenie i geografiya kulturnыx rasteniy» Izdatelstvo «Nauka» 1987. -438 s.

  3. ”Jizn rasteniy” Izdatelstvo AN. Leningrad (2) -S.192-194.

  4. Rojalskaya.N.I. Tr “ vsesoyuz lekarstvennix rasteniy” №8. 1947. -27s.

  5. Flora Uzbekistana T-III, Izdatelstvo. AN Uzb. Tashkent-1955.-393 s.

  6. B.Yo.To‘xtaev, E.T.Ahmedov DORIVOR O‘SIMLIKLARNI O‘STIRISh VA YeTIShTIRISh Nashriyot uyi “Tasvir” Toshkent – 2021

Yüklə 49,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin