Tajriba natijalari va ularning tahlili. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyatining Termiz va Uzun tumanlarida 2017-2022-yillar mobaynida olib borilgan.
Ma’lumki, viloyatning taqirsimon tuproqlari bo‘z tuproqlardan farq qiladi. Unda changsimon tuproq zarrachalari unchalik ko‘p emas, shuningdek gumus, azot va fosfor kam, fizik va kimyoviy xossasining yomonligi, suvni yomon o‘tkazishi, biroz sho‘rxok va tuprog‘ining sho‘rlangan qatlami yuza bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Tuproqning unumdorlik ko‘rsatkichlari Janubiy dexkonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasida taxlil qilindi.
Ilmiy tadqiqot ishi olib borilgan tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan antropagen ta’sir ostida o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqlashib borayotgan taqirsimon tuproqlar sirasiga kiradi. Tajriba dalasining agrokimyoviy xususiyatlari 1-2-3-4-jadvalda keltirilgan.
Taxlil natijalari: Tuproq tarkibidagi gumus miqdorini Tyurinusulida aniqlandi. Tahlil tuproq tarkibidagi organik moddani sul’fat kislota dagi kaliy bixromat bilan oksidlashga asoslashgan:
ZS+2K2S r2O7+8N2SO4 = 2Sr2(SO4)3 + 2K2SO4+ 8N2O+3SO2.
Oksidlash olti valentli xromni uch valentli xromga aylanishi asosida sodir bo‘ladi Uglerodning oksidlanishida ishgirok etmagan (ortiqcha) qismi kaliy bixromat Mor tuzi eritmasi yordamida titrlandi:
K2Sr2O7+7N2SO4+6FeSO4=Sr2(SO4)4+3Fe2(SO4)3+K2SO4+7N2O.
Oksidlanishgacha va undan keyingi bixromatlarning farqi (mg- ekv) asosida tuproqdagi organik uglerodning miqdori hisoblab topildi. Uglerod miqdorini tuproq gumusiga aylantirilib (1,724 tuzatma koeffitsent), Gumusni tuproqdagi zahirasi aniqlandi (1va 2- jadvallar).
G = N*1000*V*A
G - gumus zahirasi, t/ga;
N - genetik qatlam qalinligi, m;
V - tuproqning hajm massasi, g/sm3 A - gumus miqdori, %.