Surxondaryoda ijtimoiy iqtisodiy va madaniy xayot



Yüklə 112,96 Kb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü112,96 Kb.
#112278
1   2   3   4
SURXONDARYODA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY XAYOT

Chorsha baxshi (1932 yil, Sherobod, Kattatut qishlog‘i) ijodi oldingi ajdod baxshilari bilan keyingi avlod baxshilarini bog‘lab turuvchi zanjir. U bolalikdan qo‘shiq va ashula aytishga qiziqqan, qishlog‘idagi Nazar baxshi, Eson baxshi, ozonlik Mardonaqul baxshi, takiyalik Jo‘ra baxshilar davrasida ko‘p bo‘lgan, ulardan duoi fotiha olib, terma va dostonlar aytishni boshlag‘an. Chorsha baxshining yuzdan ortiq termalari bor va u ellikdan oshiq dostonni yoddan biladi. Chorsha baxshi ijodiga tegishli «Toshbosar» (1998), «Hurso‘na» (1999), «Yodgor» (2000) dostonlari nashr etilgan, shundan ikkinchi va uchinchi dostonlar Alpomishning qizi va o‘g‘li taqdiri haqida hikoya qiladi. Baxshining hali nashr yuzini ko‘rmagan va elga yetib bormagan «Ko‘ng‘iriyot» dostoni esa g‘oya e’tibori ila turfa mazmunga boydir, doston qahramoni qo‘ng‘iriyot asli Boysarining o‘g‘li. Shohimardon pirning aytishlaricha, Boysari yot elda o‘g‘il ko‘rishi mumkin edi, shundan Boysari qalmoq elidan qaytmay, u yerda uzoq muddat qolib ketadi. qalbi ummon qadar cheksiz Chorsha baxshining «Olponbek» (Alpomishning o‘g‘li), «Shoh Shayx Mardon bobo» nomli ajoyib asarlari nashr egalish arafasida turibdi. Shafqatsiz o‘lim shoirni 2002 yili 20 fevralda bizning oramizdan olib ketdi. Boborayim baxshi Mamatmurod o‘g‘li (1936 yil, Uzun, Tomchi) o‘z uslubi jihatidan, o‘z ijodiy faoliyati bilan boshqa baxshilardan tubdan farq qiladi. U xonish qilganda eshituvchini lol qoddiradi, o‘ziga rom etadi, uning ovozi tinglovchining qalbini sururga to‘ldiradi, diliga xushnudlik soladi, uning qo‘shiklari kishini hududsiz olamga yetaklaydi. Boborayim baxshining otasi Mamatmurod bobo do‘mbirani tilga kirita oladigan yetuk san’atkorlar safida turgan, u soz chalganda eshituvchining qalbini tirnalagan. Shundan bo‘lsa kerak, Mamatmurod bobo xonadonida baxshilar jam bo‘lishib dostonlar kuylashgan, termalar aytishgan. Ularning xonadonida Mirzoqul baxshi, Chori baxshi, Abdullaxon eshon kabi mashhur baxshilar teztez mehmon bo‘lib turishar edilar.
Ana shularning barchasi Boborayimning kelgusida iste’dodli baxshi bo‘lib yetishuvida zamin hozirladi. Unga ustozlari Mirzoqul baxshi va Chori baxshilar baxshichilik sirlaridan saboq berishdi. Boborayim yoshligidan do‘mbirani xonishga keltira olar edi, bu unga otasi Mamatmurod bobodan o‘tgan bo‘lsa ajab emas. U do‘mbirada «Sarvinoz», «g‘aribnoma» kuylarini qiyomiga yetkazib chaladi va atrofdagilarni doimo qoyil qiladi. Boborayim baxshi Mamatmurodov 1991 yili Respublikamizda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va qozog‘iston baxshishoirlari ishtirokidagi nufuzli tanlovning bosh sovrindori bo‘ldi. Yaqinda baxshining «Sarvigul. Avazxon ota yurtida» nomli dostonlari nashr etildi. «Avazxon ota yurtida» dostoni «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlariga qo‘shilgan yangi bir asar sifatida o‘z ardog‘iga ega, zero, ushbu doston an’anaviy «Go‘ro‘g‘li» turkumi dostonlari orasida yangi mavzu, yangi mazmun talqinlari e’tibori bilan ham ajralib turadi.
Boborayim baxshining farzandi Ravshan Mamatmurodov (1969) ham do‘mbirani xonishga keltirishda otasidan qolishmaydi, terma aytishda va doston kuylashda ancha tajriba to‘plashga ulgurgan, ko‘plab dostonlarni yoddan biladi. U 19871992 yillarda Termiz Davlat Universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kuvduzgi bo‘limida ta’lim oldi, maktabda ishladi, baxshilarning jami ko‘riktanlovlarida hamisha ishtirok etishni kanda qilmaydi.

Yüklə 112,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin