Surxondaryoda ijtimoiy iqtisodiy va madaniy xayot



Yüklə 112,96 Kb.
səhifə3/4
tarix12.05.2023
ölçüsü112,96 Kb.
#112278
1   2   3   4
SURXONDARYODA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY XAYOT

Xushboq baxshi (1942 yil, Sherobod, Ozon qishlog‘i) mashhur Mardonaqul baxshining farzandi, unga baxshichilik ona suti bilan kirgan, u talay baxshilar tanlovining g‘olibi. Xushboq baxshi «Soqi bulbul», «Malla savdogar», «Suv pari», «Zarnigor», «Balogardon» dostonlarining yangi ko‘rinishlarini yaratdi. Xushboq baxshi ijrosidagi «Alpomish» o‘ziga xos qirralarga ega va «Alpomish» dostoni ayni shu ijro tufayli o‘zining ikkinchi umrini boshladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. «Alpomish» kinossenariyasi ham Xushboq baxshi tomonidan yoziddi, ayni paytda u qator shogirdlarning ustozidir. Elga tanilgan atoqli kuychi, respublikada birinchi «O‘zbekiston xalq baxshisi» nomli yuksak unvon sohibi Shoberdi baxshi Bolta o‘g‘li ham xuddi shu Xushboq baxshi Mardonaqul o‘g‘lidan baxshichilikning ilk saboqlarini olgan edi.
Endilikda Sherobod baxshichilik maktabining yangiyangi vakillari va avlodlari paydo bo‘la boshladi, ushbu maktab namoyandalarining ijodiyotiga aloxdda diqqat e’tibor kuchaydi. Ana shu tariqa bu maktab ijodkorlarining dovrug‘i oshib, elning ixlosu e’tiqodiga sazovor bo‘lmokda. Baxshichilik, dostonchilik bilan she’r va pyuirlik an’analari rivojlana boshladi, baxshi va shoir, terma va she’r tushunchalari yagona bir narsaning ikki teng pallasi bo‘lgani singari, ular birbirining tajribasidan ilhom oldi hamda ijodiy ta’sirlandi. XX asrning 30yillarida ana shu ajoyib an’ana yangi ko‘rinishda jilolana boshladi. Adabiyot o‘zi yashagan har bir zamonga, har bir zaminga hamnafasdir, u qaysi davrda paydo bo‘lsa, o‘sha davrning xususiyatlarini o‘zida tajassum etadi. Zero, yozuvchi ijodida u yashagan muhit, uni yetishtirgan xalq turmushi, tili, orzuarmonlari, istakniyatlari ifoda etiladi. Surxon vohasida baxshi va shoir atamalari bir so‘zdek jarangdorlik hamda ohangdorlik kashf etadi. O‘zbek she’riyati bo‘stoniga kirib kelgan Ra’no Uzoqova shu o‘lka quchog‘ida unibo‘sdi, Tesha Saydaliev el olqishiga sazovor bo‘ldi, Nizomjon Parda she’rlaridagi falsafiy tasvir va ta’rif kitobxonlar diqqatini o‘ziga tortdi.
O‘zbek nasrida takrorlanmas maqomga ega Shukur Xolmirzaev Surxon vohasining so‘lim tabiati lavhalarini, zahmatkash insonlarining tarixini, taqdirini o‘zbek adabiyotiga olib kirdi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaev o‘zbek xikoyanavisligida yangi o‘zan ixtiro qilish barobarida Toshkentdek shahri azim bag‘rida Surxon adabiy harakatchiligini vujudga keltirdi. Erkin A’zam, Usmon Azim, Nodir Normat, Mirza Kenjabek, Sirojiddin Sayyid, Eshqobil Shukur, qo‘chqor Norqobil, Salim Ashur,miy nomidagi Toshkent Davlat pedagogiga instituti(19631967)da ta’lim oldi, falsafa fanlari nomzodi, zullisonayn ijodkorlardan. Uning «Hofiz dallol» (1991), «Esiz «Napoleon» (1996), «Uzoq yashash siri» (2000), «Az yangaam narajed» («Yangamdan ranjimang», 2000), «Elim, yurtim deb yashasa odam» (B.Yoriev bilan hammualliflikda, 2001) kabi turli xil to‘plamlari kitobsevar do‘stlarga taqdim etilgan. Shu kabi ijodkorning bolalarga atab yozgan ayrim she’rlari «qirq oyoq va qirq paypoq» (1990) to‘plamidan ham joy olgan. U kelajagimiz bo‘lmish bolalarimiz dunyosini chuqur mulohaza etadi, shoirning «Uzoq yashash siri» she’riy to‘plami ayni ularga bag‘ishlangan. Ayniqsa, to‘plamdagi topishmokdar, bosh qotirmalar bolalarni o‘ylashga undaydi.
Orifiyning «Hofiz dallol» hikoyalar to‘plamida qam bolalarbop hajviyalar mavjud, shulardan biri «Bolaga sir bermang» deb ataladi va unda bola tabiatiga xos shumlik aks ettiriladi. Uning hikoyalarida va she’rlarida yetakchi mavzu halollik, poklik, komillik bo‘lib, yaxshilik, ezgulik g‘oyalari ilgari suriladi. U o‘z she’rlarida kishilarni kamtarlikka chorlaydi, xudsi shu xislatlar ko‘proq rahbarlarga tegishli ekaniga ham ochiq ishora qiladi.
Voha adabiy harakatchiligiga oid chizgilar bu boradagi barcha jabhalarni qamrab olgan, deb bo‘lmaydi. Bu mavzu hali ko‘plab yangi nomlar bilan boyitilishi lozim, ushbu sohada izlanishlar tinmay davom ettirilishi ayni muddaodir.



Yüklə 112,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin