73- modda .
Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obektlaridan foydalanishga
ruxsat beruvchi idoralar. Sanoat, kommunal-mai- shiy, zovur suvlarini va boshqa oqindi suvlarni
oqizish uchun suv obektlaridan foydalanishga qonunlarga muvofiq hamda tabiatni muhofaza
qilish, suv xo‗jaligi organlarining davlat sanitariya nazorati, qonunchilik nazorati davlat
organlari geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishib bergan ruxsatiga binoan
yo‗l qo‗yilishi mumkin.
Ruxsat
suv
obektlaridan
oqindi
suvlarni
oqizish
uchun
foydalanish
zarurati
va
imikoniyatlarini asoslab beruvchi hujjatlariga binoan beriladi, deyilgan.
74- modda .
Suv obektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‗l qo‗yish shartlari.
Suv obektlariga oqindi suvlarni oqizishga suv obekti tar- kibidagi ifloslovchi nioddalarning
belgilab qo‗yilgan me‘yor- lardan oshib ketishiga yo`l qo‗ymaslik sharti bilan va suvdan
foydalanuvchi bunday oqindi suvlarni tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati organlari
tomonidan belgilab qo‗yilgan darajaga yetkazib tozalab berish sharti bilangina yo‗l qo‗yiladi.
Agar mazkur talablar buzilayotgan bo‘lsa, tabiatni muhofaza qilish va sanitariya nazorati
organlari oqindi suvlarni oqizishni cheklab, to‗xtatib yoki taqiqlab qo‗yishlari, hattoki ayrim
sanoat
qurilmalarini,
sexlar,
korxonalar,
tashkilotlar, muassasalarning faoliyatini to‗xtatib
qo‗yishlari lozim. Aholining sog‘lig‘iga xatarli hollarda, oqindi suvlarni oqizish to‗xtatilib
hattoki, ishlab chi- qarish obektlaridan va boshqa obektlardan foydalanish to‗xtatib qo‗yilishi
lozim, deyilgan.
Qonunning XXIV bobida suvni muhofaza qilish masalalari keltirilgan bo‗lib, uning quyidagi
moddasida suvni muhofaza qilish vazifalari keltirilgan.