Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

105
-
modda.
Suv yetkazadigan zararli ta‘sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va 
bartaraf etish tadbirlari. 
Suv yetkazadigan zararli ta‘sirdan muhofaza qilish, ularni oldini olish va bartaraf etish 
tadbirlari suvdan foydalanuvchilar: 
korxonalar, tashkilotlar, xo‗jaliklar mablag‗i va mahalliy budjet hisobidan
respublika va mintaqaviy dasturlar bo‗yicha - respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi, 
deyilgan. 
113-modda.
Suv monitoringi. 


55 
Suv monitoringi, shu jumladan, yer osti suvlari monitoringi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida 
aniqlash, ularga baho berish, salbiy ja- rayonlarning oldini olish va ularga barham berish uchun 
suvlarning holati ustidan olib boriladigan kuzatuv tizimidan iboratdir. 
Suv monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deyilgan. 
Yuqorida qayd etilgan barcha moddalar respublikamizda mavjud suv resurslarini muhofaza 
qilishning huquqiy asoslari hisoblanib, suv resurslarini muhofaza qilishning asosiy omillari 
hisoblanadi. [32-35] 
Suv resurslarini muhofaza qilish bosqichma-bosqich profilaktik ravishda amalga oshirilishi 
shart. Tabiatdagi yer usti (daryo, ko‗l, dengiz va atmosferadagi suv bug‘‗lari), yer osti va 
atmosfera yog‗in suvlari-tabiatdagi barcha (er usti, yer osti va atmosfera yog‗in) suvlarning birlik 
qonunidir (akad. V.I. Vernadskiyning tabiatning obektiv qonuni). 
Demak, barcha yer usti va yer osti suvlarining asosiy manbai atmosfera yog‗in suvlaridir. 
Oxirgi 10-20 yillar davomida atmosfera havosining haddan tashqari ifloslanganligi va 
zaharlangan ligi (turli chiqindilar, changlar, tutunlar, qurum va boshq.) tufayli turli erigan 
moddalarga to‗yingan, deyarli «kislotali yomg‗irlar» hisobiga shakllanayotgan yer usti va yer 
osti suvlari, yog‗in yer yuzasiga kelib tushmasdan, bu bosqichda ma‘lum darajada ifloslangan 
suv mavjud bo‗lib, shakllanishning keyingi bosqichi yer yuzasi bo‗ylab jilg‗a va soylarni tashkil 
etishida yoki yer ostiga shimilishida tuproqdagi turli eriydigan moddalar va iflosliklarga to‗yinib 
yanada ifloslanmoqda. Ana shunday jarayonda shakllangan yer usti va yer osti suvlari 
obektlariga kelib quyilayotgan turli oqova (kommunal-ro‗zg‗or, sanoat, chorvachilik majmualari 
va fermalari, sug‗oriladigan yerlardan chiqarilayotgan zovur tashlama) suvlar ta‘sirida bu suvlar 
yanada kuchliroq ifloslanmoqda, bulg‗anmoqda va zaharlanmoqda. 
Shunday qilib, suv resurslarini ifloslanishdan, bulg‗anishdan va zaharlanishdan muhofaza 
qilish, xuddi tibbiyot sohasidagidek, profilaktik ravishda amalga oshirilishi kerak, ya‘ni 
ifloslanma- gan, toza, turli maqsadlar uchun yaroqli yer usti va yer osti suvlari shakllanishi 
uchun birinchi navbatda, atmosfera havosi va tuproqning musaffoligini ta‘minlash zarur. 
Muhofaza qilishning ikkinchi bosqichida shakllangan yer usti va yer osti suvlarini turli iflos va 
ayrim hollarda zaharli oqova suvlar bilan ifloslanishiga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin