"tabiiy suvlar ifloslanishining
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan normasi" degan noto‘g‘ri nuqtainazar ishlatilmoqda. Hozirgi
kunda "bu yo‘nalish suvning ifloslanishini chegaralaydi",
deb qarash o‗zini oqlamaganligi
hammaga ma‘lum bo‗lib qoldi.
Suv resurslarining sifat jihatdan o‗zgarishiga asosiy sabablardan yana biri tabiiy suv
manbalariga ekin maydonlaridan chiqqan suvlarning oqizilishidir. Mana shu sabab tufayli,
hamda sanoat korxonalari, maishiykommunal tarmoqlar oqava suvlarining qo‗shilishi va
ularning
ayrimlari
havoga
chiqarayotgan
chiqindilar
natijasida
o‗lkamizdagi tabiiy suv
manbalarining minerallashish darajasi, ularda erigan tuz miqdori ortib bormoqda, tobora
ifloslanmoqda.
58
Shu o‗rinda, takrorlash bo‗lsa ham, quyidagi ma‘lumotlarni qayd etib o‗tish lozim.
Hozirgi kunda o‗lkamizdagi daryolarning gidroximiyaviy rejimi antropogen omillar ta‘sirida
keskin o‗zgardi. Bu o‗zgarish oqim hosil bo‗lish oblastidan uzoqlashgan sari hamda yildanyilga
sezilarliroq bo‗lmoqda. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra, Sirdaryo havzasida daryo suvlari
minerallashuvining o‗sishi 50yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Masalan, 1961 yilda
Sirdaryo suvining Kal qishlog‗i yaqinida minerallashuv darajasi tabiiy holatdagiga nisbatan 1,8
marta, 1974 yilda 2,3 marta ortgan. Kazalinsk shahri yaqinida esa 1974 yilda 1953 yildagiga
nisbatan 3,1 marta, kam suvli 1975 yilda esa 5,1 marta o‗sdi.
Daryo suvi minerallashuvining ortishi Surxondaryoda 60yillardan, Amudaryo va
Zarafshonda 60yillarning oxiridan sezilarli bo‗la boshladi. 70yillarning boshlarida Zarafshon
va
Surxondaryoning
quyi
qismida
ularning
oqim
hosil
bo‗ladigan oblastiga nisbatan
minerallashuvi 2,93,9 marta o‗sdi.
Keyingi yillarda daryolar suvining minerallashuvi ularning quyilishi tomon borgan sari
ortib bormoqda. E.I.Chembarisov va B.A.Baxritdinovlarning ma‘lumotlariga ko‗ra 1979 yilda
Norin daryosida (Uchqo‗rg‗on yaqinida) minerallashuv darajasi 0,26 g/l dan 0,34 g/l gacha
o‗zgarib turdi. Qoradaryoda esa 0,340,54 g/l oralig‗ida bo‗ldi. Xuddi shu yili Bekobod yaqinida
0,97 g/l dan 1,48 g/l gacha, Qizilo‗rda yaqinida 1,2 g/l dan 2,1 g/l gacha, Kazalinsk shahri
yaqinida esa 2,57 g/l dan 3,0 g/l gacha o‗zgardi.
Shu mualliflarning 1978 yilgi kuzatishlarga asoslangan ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha
Chirchiq va Ohangaron daryolarining oqim hosil bo‗lish oblastida minerallashuv 0,090,12 g/l
oralig‗ida o‗zargan bo‗lsa, ularning quyi qismida, jumladan Ohangaron (Soldatskoe yaqinida)
0,291,01 g/l, Chirchiq (Chinoz yaqinida) 0,520,82 g/l gacha oraliqda ortgan. 1979 yilda
Surxondaryoda suvning minerallashuvi Jdanov nomli kolxoz yaqinida 0,240,48 g/l oralig‗ida
bo‗lsa, uning quyilishida (Manguzor yaqinida) 1,041,38 g/l bo‗lgan. Sheroboddaryoda esa,
Darband qishlog‗i yaqinida, minerallashuv 0,55 g/l dan 2,38 g/l gacha o‗zgargan. Xuddi shu kabi
Qashqadaryoning yuqori qismida minerallashuv (Varganza yaqinida) 0,260,34 g/l bo‗lsa, quyi
qismida (Qoratikon yaqinida) 1,703,44 g/l gacha ortgan. Zarafshonning yuqori qismida
0,220,39 g/l bo‗lsa, Navoiy shahri yaqinida 0,581,05 g/l gacha ortgan, Amudaryoning o‗zida
(Termez yaqinida) 0,430,80 g/l, Tuyamo‗yinda 0,551,30 g/l, Qipchoqda 0,592,00 g/l
oraliqlarida o‗zgargan. Demak, daryolar suvining minerallashuvi ularning quyi qismiga tomon
ortib boradi. Afsuski, bu o‗zgarish hozirgi vaqtda yanada sezilarliroq bo‗lmoqda.
Daryo suvi minerallashuv darajasining ortishi bilan ularda zaharli ionlar (magniy, natriy,
kaliy, sulfat va xlorid) miqdori ham daryo uzunligi va vaqt bo‗yicha hamda yilning suvliligiga
bog‗liq holda o‗zgarmoqda. Natijada ko‗pgina daryolar, jumladan Amudaryo, Sirdaryo,
59
Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo suvidan ularning quyi qismida
ichimlik suvlari sifatida foydalanish imkoniyati yo‗qoldi.
Ma‘lumki, minerallashuv darajasini bilgan holda daryolar o‗z suvi bilan qancha miqdorda
tuzlar olib ketayotganligini hisoblash mumkin. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra, Sirdaryo
havzasida yiliga o‗rtacha 7,8 mln. tonna tuz daryo suvi bilan olib ketilayotgan bo‗lsa, shuning 5
mln. tonnasi (64 foiz) Norin va Qoradaryoga, 1,6 mln. tonnasi (21 foiz) uning Farg‗ona
vodiysidagi irmoqlariga, 1,2 mln. tonnasi (15 foiz) Chirchiq va Ohangaron daryolariga to‗g‗ri
keladi. Amudaryo havzasida esa oqim hosil bo‗lish oblastidan yiliga 20,9 mln. tonna yoki
Sirdaryoga nisbatan 2,7 marta ko‗p erigan tuzlar olib chiqib ketiladi. Albatta bu qiymatlar
daryoning suvliligiga bog‗liq holda yillarora o‗zgarib turadi.
Yuqorida daryo suvining minerallashuv darajasi uning quyi qismiga qarab orta borishi
qayd etildi. Tuz oqimi esa daryo suvi kamayishiga mos ravishda kamayib boradi. Masalan,
Sirdaryo (TyumenAriqda) tuz oqimi miqdori uning yuqori qismiga nisbatan 1,7 marta ko‗p
bo‗lsa, Kazalinsk shahri yaqinida 1,1 martaga tushib qoladi. Yoki Amudaryoda Kerki yaqinida
yuqori qismiga nisbatan 1,4 marta ko‗p bo‗lsa, uning quyi qismida esa boshlang‗ich qiymatga
nisbatan 90 foizni tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, hozirgi kunda Respublikamizda
eng dolzarb masalalardan biri
Dostları ilə paylaş: |