Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari


suvni sifat jihatdan muhofaza qilishdir



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

suvni sifat jihatdan muhofaza qilishdir.
Bu muammoni hal 
etishda ko‗pchilik olimlar qaytarma va oqava suvlarni tozalashni asosiy yo‗l deb qaramoqdalar. 
Lekin, bu yo‗l juda murakkab bo‗lib, qimmatga tushadi. Ikkinchidan, eng takomillashgan sun‘iy 
tozalash inshootlari ham suvni to‗la tozalashga imkon bermaydi. Suvni 80­90 foiz tozalash 
yetarli darajada takomillashgan deb qabul qilinadi. Bu holda 10­20 foiz o‗ta chidamli 
ifloslantiruvchi moddalar yana suv tarkibida qoladi. Ular daryo suvini ifloslantiradi. Demak, 
sun‘iy tozalash asosiy masalani hal qilishning yordamchi usullaridan biridir. [80-82] 
Bu asosiy masala esa bir qancha choralar tizimini o‗z ichiga oladi. Ular oqava suvlarni 
daryolar, ko‗llar, suv omborlariga oqizishni iloji boricha kamaytirishga, ayrim hollarda esa to‗la 
to‗xtashishga qaratilgandir. Faqat shu yo‗lgina masalani tubdan hal qilishga imkon beradi, toza 
suvni tashlandiq suvga aralashtirishdan xalos etadi. Shu yo‗l bilan tabiiy suvlarning sifatini 
yaxshilash va ularning miqdorini ko‗paytirish mumkin, chunki bunda butun daryo suvi toza 
bo‗lib, iste‘mol uchun yaroqli bo‗ladi, toza suv hajmi bir necha marta ortadi. 
Yuqorida aytilgan asosiy masalani hal qilishda, ko‗pchilik olimlarning fikricha, quyidagi 
chora-tadbirlarni nazarda tutish lozim: 
1. Shaharlarning oqava suvlaridan dehqonchilik, asosan, yem­xashak yetishtiriladigan 
dalalarini sug‗orishda foydalanish mumkin, chunki tajribalarning ko‗rsatishicha ular tarkibida 
ko‗p miqdorda organik o‗g‗itlar, jumladan, o‗rtacha 50 g/m
3
azot, 10 g/m
3
fosfor, 30 g/m
3
kaliy, 


60 
100 g/m
3
kalsiy va magniy mavjud bo‗ladi. Albatta, gigiena nuqtai­ nazaridan, bunday dalalarda 
to‗g‗ridan­to‗g‗ri ist‘emol qilinadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga 
ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o‗tkazilgan hamda ijobiy 
natijalar olingan; 
2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta‘minotiga o‗tkazish zarur. Bunda korxona suvni 
o‗ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. Shu maqsadda korxona talab 
darajasidagi suvni bir yo‗la oladi, mahsulot ishlab chiqarishda butunlay sarf bo‗lgan qismi 
(umumiy suv miqdoriga nisbatan 10­15 foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to‗ldirib 
boriladi. Bu tizimning qulay tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga 
chek qo‗yiladi, ikkinchidan, korxona o‗zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo‗ladi. Bunda 
korxonaning o‗zi ortiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, natijada suvni tejash uchun 
rag‗batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi; 
3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suvlarini, agar ularni tozalab qayta 
ishlatish imkoni bo‗lmasa, alohida havzalarga yig‗ib, tabiiy yoki sun‘iy holda bug‘‗latib yuborish 
kerak; 
4. Shaharlarda suv ta‘minoti tarmoqlarini ikki yo‗nalishda, birinchisini ichimlik, maishiy 
va oziq­ovqat sanoati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa tarmoqlari uchun tashkil etish 
zarur. Bu tartib toza suvni tejash imkonini beradi; 
5. Shaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya) iloji boricha 
suvdan foydalanish me‘yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu toza suvning miqdorini va 
shu bilan birga sifatini saqlash choralaridan biridir; 
6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir muncha ko‗paytirishga erishish lozim. 
Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish va agromelioratsiya 
usullarini qo‗llash talab etiladi; 
7. Ekin maydonlarini sug‗orish natijasida hosil bo‗lgan qaytarma suvlardan unumli 
foydalanish lozim. Ularning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda sarflanishiga iloji boricha 
yo‗l qo‗ymaslik kerak. 
O‗lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurslarining asosiy qismi (90 foizdan ortig‗i) 
irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa sanoatda hamda maishiy va 
kommunal maqsadlarda foydalaniladi. Ma‘lumki, yuqoridagi har uch yo‗nalish ham yildan­yilga 
ko‗proq suv talab qilmoqda va shu sababli o‗lkamizda suv muammosi tobora tig‗iz bo‗lib 
qolmoqda. 
Ana 
shunday 
sharoitda 
suvdan 
tejab­tergab 
foydalanish, 
uning 
samarasiz 
yo‗qotilishiga yo‗l qo‗ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi 
suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa bo‗lib qoldi. 


61 


62 
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, suv manbalarini sifat jihatdan muhofaza qilishning 
birorta universal usuli yo‗q. Asosiy yo‗nalish oqova suvlarini kamaytirish yoki umuman 
to‗xtatish bo‗lib, u bir qancha yordamchi choralar tufayli amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish 
jarayonida uni muhofaza qilish ularning hammasi uchun xos bo‗lgan umumiylikdir. Boshqacha 
qilib aytganda suv boyliklarini himoya qilish faqat taqiqlashlaru chegaralashlardan iborat emas. 
Bu yo‗lda noto‗g‗ri yo‗nalishlarga tezda chek qo‗yish, oldindan tadbirlar belgilash, yo‗l 
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolardan ogohlantirish ham muhimdir. 
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida O‗zbekiston va Markaziy Osiyodagidagi 
suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslari ekologik nuqtai nazardan 
chuqur o‗rganildi va ilmiy manbalar, adabiyotlar asosida tahlil qilindi.
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy asoslarini adabiy manbalar 
asosida ochib berildi. Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish xuquqiy tushunchasi va 
o‗ziga xos xususiyatlari o‗rganilib, ma‘lumotlar to‗plandi. Shuningdek suv manbalaridan 
foydalanish turlari, foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlari hamda suv resurslaridan 
foydalanish xuquqini himoya qilishning chora tadbirlari o‗rganildi.
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning xuquqiy muhofaza qilish 
tushunchasi va xususiyatlari, transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishni xuquqiy tartibga 
solish, suv manbalarini muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risidagi qonun xujjatlarini 
buzganlik uchun javobgarlik haqida to‗la ma‘lumotlar berildi.
Bitiruv malakaviy ishning natijalaridan universitetlarning Ekologiya va atrof muhit 
muxofazasi ta‘lim yo‗nalishi talabalari, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, litsey va 
kollejlar talabalari manba sifatida keng foydalanishlari mumkin.


63 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin