54
hoqimiyat organlari,
tabiatni muhofaza qilish, suv xo‗jaligi, sanitariya nazorati organlari hamda
boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishgan holda, texnologiya, o‗rmon-melioratsiya va
agrotexnika, gidrotexnika, sanitariya-texnika tadbirlarini o‗tkazishlari
shart degan masalaga
qaratilgan.
Basharti, foydali qazilmalar konlarini qidirish, ulami o‗rganish va ulardan foydalanish bilan
bog‗liq burg‗ulash hamda boshqa kon qidiruv ishlarini bajarish chog‗ida yer osti suvlari bor
qatlamlari aniqlangani taqdirda, bu
haqda tabiatni muhofaza qilish, suv xo‗jaligi organlariga
ma‘lum qilinishi hamda belgilangan tartibda yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan
chora-tadbirlar ko‗rilishi lozim.
Basharti, sanoat oqindi suvlarini oqizish uchun qaziladigan qu- duqlaming suvli qatlamlarni
ifloslantirish manbaiga aylanishi mumkin bo‘lmasa, bunday quduqlar qazish barcha hollarda
man etiladi.
O‘z-o‗zidan
suv chiqarib, suvi foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan quduqlarga suvni
boshqarish uskunalari o‗rnatilishi, ular qonunlarda belgilangan tartibda to‗xtatib qo‗yilishi yoki
tugatilishi lozim.
Sifatli yer osti suvlari to‗planadigan manbalar chegarasida qattiq va suyuq chiqindilar
to‗plash. axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli
bo‘lgan sanoat, qishloq xo‗jalik obektlari va boshqa obektlar qurilishiga yo‗1 qo‗yilmaydi.
Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‗rish,
jumladan, quduqlarni kuzatish
tarmog‗ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi korxonalar
tomonidan amalga oshiriladi, deyilgan.
102- modda.
Kichik daryolarni muhofaza qilish.
Xo‗jahk faoliyati kichik daryolarning holati va rejimiga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalar, dehqon xo‗jaliklari suv xo‗jaligi, tabiatni muhofaza qilish organlari
bilan birgalikda suvni, uning musaffoligi va sifatini saqlash chora- tadbirlarini ko‗rishlari lozim.
Kichik daryolarning suvini muhofaza qilish mintaqalari, bu mintaqalardagi korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarning xo‗- jalik faoliyati rejimi
qonunlar bilan belgilanadi, deyilgan.
Dostları ilə paylaş: