5
-mamlakatimizdagi suv resurslaridan xalq ho‗jaligi tarmoqlarida foydalanishini yoritib
berish;
-
suv resurslarini
muhofaza qilishning ilmiy, ekologik va huquqiy asoslari
yoritib berish:
Tadqiqotning amaliy ahamiyati
:
suv
resurslarini ifloslanishdan, bulg‗anishdan va
miqdorini
kamayib
ketishdan
muhofaza
qilishning
ekologik
asosi,
uni
optimal tabiiy
muvozanatini ta‘minlash muhim amaliy ahamiyatga egadir.
BMIning tarkibiy tuzilishi.
Mazkur ish kirish, 3 bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar
ro‗yxatini o‗z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi-76- betdan iborat. Shundan yozma matn - 72
bet. Ishda 7 ta jadval, 1 ta karta, 6 ta diagramma 2 ta rasm berilgan.
I BOB. SUV RESURSLARINI O„RGANISHNING NAZARIY VA AMALIY
MASALALARI
1.1. Suv resusrlari nima?
Suvyer yuzasida hayot mavjudligining asosiy shartlaridan biridir. Lekin, hozirgi kunda,
tabiatdagi
barcha suvlardan bevosita
foydalanib bo‗lmaydi. Shu bilan birga
"suv resurslari"
tushunchasini barcha suvlarning sinonimi deb tushunmaslik kerak. Haqiqatan ham bu kategoriya
faqatgina tabiatga xos bo‗lmay, balki ijtimoiytarixiy va iqtisodiy bosqichlarda o‗zgarib turadi.
Hozirgi
taraqqiyot
bosqichida
suv
resurslari
tabiatdagi
barcha chuchuk va o‗rtacha
minerallashgan, tabiiy holda yoki sun‘iy
ravishda chuchuklashtirilgan, tozalangan suvlardan
iborat bo‗lib, ayni paytda xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan va ishlatilishi
mumkin bo‗lgan suv manbalari yig‗indisidir.
Dostları ilə paylaş: