7
Er usti
er osti
Evropa
10500
3110
1065
Osiyo
44400
13190
3410
Afrika
30300
4225
1465
Sh.Amerika
24300
5060
1740
J.Amerika
17800
10380
3740
Avstraliya
8500
1965
465
Dunyo
135800
38830
11885
Gidrosferaning
xilma-xil
turli
xususiyatlari
va
o‘ziga
hosliligi
orasida
uning
xarakatdaligini aloxida ta‘kidlash zarurdir. Gidrosfera o‘ta xarakatchan va jo‘shqindir. Bu
tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatining asosi ulkan jarayon bo‘lib u bilan suv resurslarini tabiiy
chuchuklanishi, quruqlikda suvlarni taqsimlanishi va joylashishi xamda axolini, xayvonot va
o‘simlik dunyosini suv bilan ta‘minlanishi bog‘liqdir. Tabiatdagi suvlarni
aylanma xarakati bilan
yemirilish jarayonlari va Yerni relefini shakllanishi bog‘liqdir tabiatda suvni aylanma xarakati
quyidagicha ro‘y beradi. Quruqlik va dunyo okeanidan Quyosh nuri ta‘sirida bug‘‘lanib
atmomferani namlik bilan to‘ldiradi. Mutaxassislarni xisoblari bo‘yicha Quyoshdan kelayotgan
issiklikni 55% suvni bug‘‘latishga sarf bo‘lar ekan. Atmosfera xavosidagi suv bug‘lari xaroratni
pasayishi xisobiga kondensatsiyalanib (suyuq xolatga o‘tib) Yerga (quruqlik
va dunyo okeani
yuzasiga) yomgir va qor sifatida yog‘adi. Qor va yomg`ir suvlarini bir qismi tuproqqa shimiladi
va qolgan qismi yer usti oqimini shakllantiradi. Bu suvlar qiyaliklardan oqib tushib soylarni
paydo qiladi va keng tarqalgan soylar bo‘yicha ular daryolarga kelib quyiladi. Bu faqat daryo
oqimining bir qismi ya‘ni yer usti toshqin suvlaridir. Daryolar tuproq
qatlamidan chuquroqdagi
qatlamlarga shimilib o‘tib shakllangan yer osti suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Yer osti
suvining eng faol xarakat qiluvchi qismi buloqlar ko‘rinishda yer yuzasiga sizib chiqadi yoki
daryolarga oqib tushadi. Ko‘p xollarda daryolar yer osti suvlari bilan doimiy ta‘minlanadilar.
Dengizlari ko‘llar xuddi okeanlar kabi faqatgina atmosfera yog‘inlari xisobigagina emas balki
oqib kelayotgan daryo suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Shunday
qilib okeanlardan va
quruqlik ichkarisidagi xavzalardan doimiy bug‘lanadigan suvlar uzluksiz to‘ldirilib turilishi yuz
beradi. Tuproq qatlamidagi suvlar asosan bug‘lanib va o‘simliklar orqali transperatsiyaga
sarflanib atmosfera xavosini suv bug‘lari bilan boyitadi xamda bir kismi yer osti suvlarini
ta‘minlaydi. [366-367]
Tabiatdagi suvlarni aylanma harakati sxemasi ana shunday. Suvni
aylanma xarakatini eng
muxim xossasi uni litosfera, atmosfera va biosfera bilan o‘zaro bog‘lanib gidrosferani barcha
qismilarini: okean, daryolar,
tuproq namligi, yer osti suvlarini va atmosfera bug‘larini bir qilib
8
boglashidir. Aylanma xarakat tufayli gidrosferani uzuluvchanlik (diskretlik) karaktush uz
kuchini yuqotadi. Yerning barcha suvlari nafaqat paydo bo‘lishi jixatidan balki doimiy aylanma
xarakat ta‘sirida yagonadir. Aloxida ta‘kidlash zarurki suv resurslaridan turli xil xo‘jalik va
madaniy maksadlarda foydalanishlar ham suvlarni aylanma xarakat jarayonida amalga oshiriladi.
Tabiatdagi suvni aylanma xarakati ikkita mustaqil jarayonlar ta‘sirida bo‘ladi:
ulardan birinchisi
- gidrosferani suvini to‘ldiruvchi manba - mantiya suvini degazatsiyasi. Bu jarayon juda sekin
yuz berib milliard yillardan beri davom etmoqda. Bu jarayonni intensivligi xaqidagi ma‘lumotlar
yetarli emas. Suvni aylanma xarakatini ikkinchi jarayoni birinchisiga nisbatan bir necha barobar
jadalroq bo‘lib uni sikli faellarni almashinish ya‘ni bir yil bilan chegaralanadi. Xozirgi zamon
tabiatdagi suvni jadal aylanma xarakati bilan deyarli xamma gidrologik jarayonlar bog‘liqdir,
shu jumladan suv resurslarini tabiiy yangilanib turishi va chuchuklanishi uchun o‘ta
muxim
bo‘lgan jarayonlar ham. Suv - barcha tirik mavjudodlarni eng muxim elementi ekanligini aloxida
ta‘kidlash zarur.
Suv balansi - bu tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatini va uni aloxida ismlarini miqdoriy
ifodasidir. Yerni suv balansini umuman va uni aloxida katta qismlarini ta‘riflash uchun
tenglamalar tizimi qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: