Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

 



Mavzuning dolzarbligi
. Qadimdan mamlakatimiz hududida suv xayot manbai sifatida 
qadrlangan, tirikchilikning birinchi omili sanalgan, uni muqaddas bilib, asrab - avaylab, tejab - tergab 
sarflangan. Bu qarashlar o‘z moxiyatini bug‘un xam yo‗qotgan emas. Darhaqiqat mamlakatimiz 
qishloq, xo‗jaligi ishlab chiqarishini suvsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun suvdan 
maqsadli, tejab - tergab foydalanish hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham dolzarb bo‗lib 
turibdi. Chunki qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy qismi bo‘lgan paxta, g‗alla va 
boshqa mahsulotlar yetishtirish bevosita suv ta‘minoti bilan chambarchas bog‗liq. 
Respublika bo‗yicha sug‗orish uchun yiliga o‗rtacha 55 mlrd. m
3
suv talab etiladi. Bu 
ko‗rsatkich Markaziy Osiyo
 
respublikalarida iste‘mol qilinadigan suvning deyarli yarmiga tengdir. 
Respublikada foydalaniladigan suvning ko‗p qismi qo‘shni davlatlar hududlaridan oqib keladi. 
Respublikada 
foydalaniladigan 
suvning 
85 
foizi 
qishloq 
xo‗jaligida ishlatiladi. 
Dexdonchilikka mo‗ljallangan yerlarning 98 foizini sug‗oriladigan maydonlar tashkil etadi. 
O‗zbekiston hududida vujudga keladigan suv resurslarining ulushi Amudaryo havzasi bo‗yicha 6 
foizni, Sirdaryo havzasi bo‗yicha 16 foizni, respublika bo‗yicha jami oqimning taxminan 8 foizini 
tashkil qiladi. Ko‗rinib turibdiki, suvdan tejab-tergab, samarali foydalanilmasa, kelgusida suv 
ta‘minotida muammolar kelib chiqishi mumkin. 
BMIning maqsadi va vazifalari. 
Ushbu ishning maqsadi suv resurslaridan ratsional 
foydalanish hamda suvga doir munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi 
vazifalar
belgilab olindi va ishda o‗z 
yechimini topdi:
- O‗zbekiston Respublikasini asosiy suv resurslari, va ularni xududiy taqsimlanishi hamda xalq 
xo‗jaligidagi ahamiyatini yoritib berish
- O‗rta Osiyoda transchegaraviy daryolardan foydalanishda yuzaga kelgan vaziyat va uning 
ekologik oqibatlari yoritish;
-vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni 
ta‘minlash, suvlarni bulg‗anish, ifloslanish va kamayib ketishdan hamda muxofaza etishning 
huquqiy me‘yorlarini bayon etish; 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin