Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti Тема №4
Transpiratsiya bu suyuqlikning o‘simlik ildizidan barglari ostki qismidagi kichkina g‘ovakchalariga borib, u yerdan bug‘lanishi va atmosferaga o‘tish jarayonidir. Atmosferadagi taxminan 10 % namlik o‘simliklardan bo‘lgan transpiratsiya hisobiga tashkil bo‘ladi deb baholanadi. O‘simlik transpiratsiyasi ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jarayon – suv bargning sirtqi qismidan bug‘lanar ekan, barglarning “nafas olishi”ni ko‘rib bo‘lmaydi. O‘sish davrida barg o‘z og‘irligidan bir necha marta katta bo‘lgan suvni bug‘latadi, misol uchun katta dub daraxti yiliga 151000 litr suvni bug‘latadi.
Suvning muz, muzliklar va qorda uzoq vaqt to‘planib turishi tabiatda suv aylanish jarayonining bir qismidir. Yerning jami 90 % muzliklari Antarktidada, shu bilan birga, 10 % jahondagi muzliklar Grenlandiyaga to‘g‘ri keladi. Grenlandiyada muzliklarning qalinligi o‘rtacha 1.500 metrga, lekin ba’zi joylarda uning qalinligi 4300 metrga boradi.
E’tibor bering, taxminan 1,386 million kub kilometr dunyo suv zahirasining 96 foizdan ortig‘i sho‘rlangandir va 68 foizdan ortiq chuchuk suv muzliklarda jamlangan, yana 30 foiz chuchuk suv yerostidadir.
Daryo va ko‘llar kabi yerusti chuchuk suv manbalari faqatgina 93,100 kub kilometr (22,300 kub mil)ni tashkil qiladiki, bu jami suvni bir foizining 1/700 qismigagina teng xolos. Vaholanki, daryo va ko‘llar odamlar har kuni foydalanadigan suvning asosiy manbayidir.
Dunyo okeanlaridan har yili o‘rtacha 505 ming km kub suv parlanib, undan 458 ming km kub suv yog‘in-sochin sifatida okeanlar ustiga, 47 ming km kub suv esa havo massasining harakati yordamida quruqlikka yetib kelib yog‘adi. Ana shu 47 ming km kub suv quruqlikning suv resursi bo‘lib hisoblanadi.
Suvning tabiatdagi aylanishi gidrologik doira sifatida ham ko‘pchilikka tanish, u suvning yer ichida, ustida va osmondagi harakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv har doim harakatda va har doim o‘z shaklini o‘zgartirib turadi, suyuq holatdan gaz holatiga, undan muzga va boshlang‘ich holatga qaytadi. Suvning tabiatdagi aylanishi milliardlab yillar davomida mavjud bo‘lgan va yerdagi barcha hayot unga bog‘liq, yerda usiz hayot mavjud bo‘lmas edi.
Suvning aylanishi boshlang‘ich nuqtaga ega emas, lekin o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqta deb okeanni olish maqsadga muvofiqdir. Suvning tabiatdagi aylanishini harakatga keltiruvchi quyosh okeandagi suvni isitadi. Bunda ma’lum qism suv havoga gaz holida bug‘lanadi. Bug‘lanish, shu bilan birga, ko‘llarda va daryolarda ham yuz beradi. Quruqlikda o‘simliklardan va turpoqdan katta hajmda suv parlanishi yuz berib, o‘z navbatida havodagi suv bug‘lariga kelib qo‘shiladi. Atmosferadagi ma’lum kichik hajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz va qor erish fazasini mutlaq chetlab o‘tib gaz holatida bug‘lanadi. Havo oqimlari bug‘ (gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib chiqadiki, u yerdagi sovuq harorat uning bulutlarga aylanishiga sabab bo‘ladi.