Suv va suvdan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlarini tahlil qilish Reja


Er resurslarini muhofaza qilish sohasida xizmatlar



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə3/3
tarix19.10.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#157555
1   2   3
Suv va suvdan foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlarini tahlil qilish

Er resurslarini muhofaza qilish sohasida xizmatlar
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarorining ijrosi doirasida “YERELEKTRON” AAT asosida jami 8883 ta yer uchastka tanlash materiallaridan 8719 tasi ko‘rib chiqildi va ekologik talablarga mos kelmagan 120 ta materiallarga rad etildi.
Joriy yilning 1-yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 7 iyundagi PQ-649-sonli qaroriga asosan, 9 ta uglevodorod konlarida texnologik jarayonlari davomida ajralib chiqadigan chiqindi suvlarini yer osti qatlamiga joylashtirish uchun litsenziyalar berildi.
Hisobot davrida Davlat geologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda noruda foydali qazilmalarni geologik jihatdan o‘rganish, ularni qazib olish uchun yer uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ekologik me’yoriy hujjatlar bilan qamrab olinganligi tahlili amalga oshirildi.
Quyidagilar davlat inspektori-bosh mutaxassisning asosiy vazifalari hisoblanadi: yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, inspeksiya faoliyatini suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklari sohasida nazorat hamda tahlilini amalga oshiradi; inspeksiyaning ish faoliyati rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi va faoliyati yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi; o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qarorlari va boshqa qonun bilan belgilangan normativ-huquqiy hujjatlari, boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari hamda inspeksiya boshlig‘ining topshiriqlarini va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida, sifatli bajaradi; inspeksiyaning suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklarini nazorat qilish bo‘yicha faoliyatini samaradorligini hamda ish-rejalari ko‘rsatkichlarining bajarilishini taʼminlab boradi; suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklarini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya faoliyati samaradorligini yaxshilash bo‘yicha inspeksiya boshlig‘iga takliflar kiritadi; suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklari bilan bog‘liq xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganadi va tadbiq etishda qatnashadi; Boshqarma rahbariyatining buyrug‘iga va inspeksiya boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan, tayinlangan sektorning joyiga chiqqan holda, tegishli dalolatnoma vayoki maʼlumotnoma rasmiylashtirish yo‘li orqali tekshirish va tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ustidan doimiy monitoring olib boradi; o‘z kasbiy malakasini va bilimini doimiy oshirib boradi; inspeksiya boshlig‘iga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi): inspeksiya vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalarini; XYUSlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni; bosh mutaxassis o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlaydi; o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlarga ishtirok etadi; qonun hujjatlariga va inspeksiya Nizomiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi; o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalar doirasida Boshqarma rahbariyatining boshqa topshiriqlarini bajaradi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlariga jamoat ekologik nazoratini amalga oshirishlarida yordam ko‘rsatishni tashkil etadi va profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi; Bosh mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: inspeksiya faoliyatini takomillashtirish hamda ish samaradorligini oshirish yuzasidan rahbariyatga tegishli takliflar kiritish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy kafolatlar bilan taʼminlanish; inspeksiya faoliyatiga oid Boshqarmaning buyruq loyihalari bilan tanishish; inspeksiya faoliyati davomida aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish; o‘z vakolati doirasida inspeksiya hujjatlarini tuzish; inspeksiyaning atrof-muhitni muhofazasi faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi borasida ishlarni muvofiqlashtirish; Inspeksiyaning faoliyatida suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hisobot shakllarini ishlab chiqish; suv va suvdan foydalanish, yer resurslari va yer osti boyliklarini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish; o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash uchun Boshqarmaning tuzilmaviy bo‘linmalaridan barcha zarur bo‘lgan hujjatlarni olish; o‘z lavozim majburiyatlarnini bajarishda inspeksiya boshlig‘idan amaliy yordam so‘rash; Soha bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Qo‘mita qarorlari ijrosini taʼminlash borasida xududdagi korxona, tashkilot va muassasalardan maʼlumotlarni inspeksiya boshlig‘i orqali talab qilib olish; O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 261-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida - fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda maʼmuriy jazo chorasini qo‘llashga; Mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqlar.
Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin