Bunda qo’llarni ustma-ust qilib ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, uni daqiqada 50-70 martalik chastota bilan ritmik tarzda bosish kerak.
Agar yordam bir kishi tomonidan amalga oshirilsa, 5 ta bosishga bitta sun’iy nafas berish to’g’ri kelishi kerak. Jabrlanuvchi nafas ola boshlaganda darhol tez yordam chaqirish kerak.
SUVDA CHO’KIB KETMASLIK UCHUN NIMA QILISH KERAK?
Inson tanasi suvdan ko’ra yengilroq, inson faqat vahima qilganida cho’ka boshlaydi, shuning uchun quyidagi tajribalarni o’tkazib ko’ring.
Unchalik chuqur bo’lmagan suvga to’laligingizcha kiring, oyoqlaringizni birlashtiring, biroz kutib turing. Suv sizni yuqoriga itarib chiqarayotganini sezasiz. Bu tuyg’uni eslab qoling.
Chalqancha bo’ling va bo’shashing. Bosh suvga to’laligicha kirgan bo’lishi mumkin? muhimi og’iz va burun suv sathidan yuqorida qolishidir.
Agar siz vahimaga tushib bo’lgan bo’lsangiz, quyidagilarni bajaring:
Agar siz vahimaga tushib bo’lgan bo’lsangiz, quyidagilarni bajaring:
Qo’llarni yuqoriga ko’tarmang, ular bilan suvga urmang. Ularni suv ostida harakatlantiring: bu holda boshni suv sathidan yuqorida saqlab qolish osonroq bo’ladi;
Imkon bo’lishi bilanoq chuqur nafas oling. Tana shu zahotiyoq yengilroq bo’ladi. Albatta hotirjamlikni saqlashga harakat qiling.
SUVGA TUSHAYOTGANDA NIMALARNI YODDA TUTISH MUHIM
1. Hech qachon mast holda suvga tushmang. Ayniqsa dam solingan matraslar va aylanalarda yotgan holda.
2. Kunning eng issiq vaqtlarida (12:00-16:00) suvda quyosh urishi sababli hushdan ketish mumkin. Bunda tavakkal qilmagan yaxshi.
3. Yakka o’zingiz cho’milmang, ayniqsa begona suv havzalarida. Doimo yaqiningizda sizni kuzatib turadigan va kerak bo’lganda yordam bera oladigan inson bo’lsin.
4. Agar uzoq suzib ketgan va charchagan bo’lsangiz, dam oling. Chalqancha bo’ling, bo’shashing, «yulduzcha» shaklida dam oling. Nafasni rostlab olgach, asta-sekin sohilga qarab suza boshlang.
5. Agar sizni oqim olib ketayotgan bo’lsa, qarshilik ko’rsatmang: u zaiflashishini kuting va asta-sekin sohil tomon harakatlaning.
Qayta oqimlar juda xavfli sanaladi. Ular sohilbo’yida hosil bo’ladi va to’g’ridan-to’g’ri ochiq daryo yoki ummonga olib chiqadi. Bunday oqimlar sohildan bir necha yuz metr uzoqlikkacha olib ketib qolishi mumkin. Bunday hollarda eng yaxshi yondashuv — oqimga qarshi emas, sohilga parallel ravishda suzishdir. Odatda qayta oqimlar unchalik keng bo’lmaydi (bir necha metr), shu sababli ulardan chiqib olish qiyin emas.
Qorin mushaklari oyoqlarni qoringa tortib olsa tez bo’shashadi;
Kichik boldir mushaklari tortishishida oldinga harakat qilish yordam beradi: oyoqni suvdan chiqarib, tovonni qo’l bilan o’zingizga torting;
Bilak tortishishida qo’l kaftini bir necha marotaba keskin ochib-yopish yordam beradi.
XULOSA
Suvda cho’kish qiyin emas, hatto mohir suzuvchilar uchun ham. Va bu noxush hodisa doim ham multfilm va kinolardagi singari, qahramonlar og’zini kulgili ravishda ochib, qutqaruvchilarni chaqirishi bilan kechmaydi.
Darhaqiqat, insonlarga tez va jim holda cho’kib ketish xosdir. Bu hatto olomon ko’p bo’lgan va har bir kishini kuzatish uchun ko’zlar yetarli bo’lgan plyajlarda ham sodir bo’ladi.