Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish. Ushbu turdagi cho’kishda ham o’lim o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm tomonidan chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga to’sqinlik qiladi, odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka boshlaydi va natijada suv nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga keskin urilganda, qo’rquv, shok vaziyatlarda kuzatiladi.

Sinkopal yoxud ko’k cho’kish. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga sodir bo’ladi, yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash tufayli. Bunday cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya sarflaydigan va panikaga tushib qoladigan tajribasiz suzuvchilarda ham, yurak yetishmovchiligi bo’lgan tajribali suzuvchilarda ham kuzatiladi.
Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:
Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.
Eng avvalo cho’kayotgan kishini suvga tushmasdan qutqarish mumkinligini teran baholab ko’rish kerak. Yaqin atrofda uzunroq tayoq, qutqaruv balloni yoki havo solingan boshqa jism mavjudligiga nazar soling. Atrofdagilarni yordamga chaqiring — bunday holda qahramonlik qilish ketmaydi.
Cho’kayotgan odamga yordam berishning eng katta qiyinchiligi shundaki, cho’kuvchi odam qutqaruvchiga reflektor ravishda tirmashib oladi va qutqaruvchi yetarlicha tajribaga ega bo’lmasa, cho’kuvchi ikkisini ham suv tubiga tortib ketishi mumkin.