Suvda hayot kechiruvchi umurtqasizlarni nafas olish organlari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə4/6
tarix01.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#105668
1   2   3   4   5   6
Suvda hayot kechiruvchi umurtqasizlarni nafas olish organlari

Teri qoplaichlari – suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi.
Skeleti – yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib ketganligiga yarasha baqa skeletida juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor.
Umrtqa poanasi – faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib
4 ta bo’limga
1. Bo’yin
2. Tana
3. Dumaza
4. Dum
Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umrtqa bor. Tana bo’limida 7 ta dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan iborat.
Bosh skeleti – suvda va quruqda yashovchilarning bosh skeleti ikki qismga:


  1. Miya qutisi


  2. Vissteral bosh skeletdan iborat.


Baqaning miya qutisi ham bir oz xondrial suyaklarga ega bo’lib, ega bo’lib deyarli nuqul toaydan iborat, bu toay juda kam qoplagich suyaklar bilan qoplangan. Miya qutisining ensa bo’limida bo’rtmalar bor bular harakatchan bitta bo’yin umrtqasiga birikadi. Vissteral bosh skeleti ustki va ostki ja suyaklaridan iborat va bir nechta tanglay suyagi, yonoq suyagi, tish suyaklaridan iborat, bularda qisman suyak bo’ladi.


MOLLYUSKALAR (lot. Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana boʻshligʻi gʻovak biriktiruvchi toʻqima bilan toʻlgan; selom va uning qoldigʻi yurakoldi xaltasi (perikardiy)ni va jinsiy bezlar atrofidagi boʻshliqni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan. hamda tana boʻshligʻi qoldikdari— lakunlar va sinuslar orqali oqib oʻtadi. Yuragi qorincha va boʻlmacha deb ataladigan 2 yoki 4 ta ka-meradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan jabralardan, quruklikda va koʻpchilik chuchuk suvda yashaydigan M.da oʻpkadan iborat. Ayirish organi halqali chuvalchanglarnpnt metanefridiylariga oʻxshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Nerv sistemasi koʻpchilik M.da tananing turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tuban tuzilgan M. nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi hamda tana boʻylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim M.ning bosh nerv tu-guni kuchli rivojlanib, bosh miyani hosil qiladi (boshoyokdilar). Faol hayot kechiruvchi turlarida sezgi organlari (koʻzlar, paypaslagichlar) rivojlangan. M. ayrim jinsli yoki germafrodit (qarang Germafroditizm). Dengiz Mollyuskalar tuxumidan troxofora yoki veliger (yelkancha) lichinkasi chiqadi. Boshoyoklilar, quruklik va chuchuk suv qorinoyokdilari metamorfozsiz (oʻzgarishsiz) rivojlanadi.
M. yonbosh nervlilar va chigʻanoklilar kenja tipiga boʻlinadi. 1-kenja tip 2 yoki 3 ta sinfga, 2tip 5 ta sinfga boʻlinadi. 130 mingga yaqin turi maʼlum. Yer yuzida juda keng tarqalgan; bir qancha turlari quruklikda va chuchuk suvlarda; koʻpchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik M. suv tubi (bentos)da yashaydi. M. suv xayvonlari uchun oziqsifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (ustritsalar, kalmarlar, midiyalar, dengiz taroqchalari, tok shilligʻi) isteʼmol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar, midiyalar maxsus koʻpaytiriladi (qarang Akvakultura). Quruklikdatarqalgan ayrim M. (tok shilliq qurti, yalangʻoch shilliq) ekinlarni yeb, katta ziyon keltiradi. Chuchuk suv shilligʻi jigar qurtining oraliq xoʻjayini hisoblanadi.
Ld.:Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboyev 3., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 2002.[1]

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin