Hozirgi paytda bunday xolatda nasoslarni sinflarga ajratish amaliy kamchiliklarga ega bo‘lib, nasosni oqimga ta’siri katta yoki kichik o‘lchamda bir vaqtning uzida Bernulli tenglamasida uchta uzgaruvchiga xam uzgartirishlar olib kiradi. Hozirgi zamonaviy nasoslarda kuchlarni ta’sir tartibiga ko‘ra uchta sinflarga ajratish mumkin: parrakli yoki ko‘rakli (oquvchi nasoslar), bo‘ralma nasoslar (kuchaytiruvchi nasoslar) va xajmiy nasoslar (sikuvchi nasoslar).
Parrakli nasoslarda dvigatelda energiyani paydo bo‘lishi g‘ildirak parraklaridagi oqish jarayonini sillikligi va ularni oqim kuchini ta’siriga bog‘liqdir.
Bo‘ralma nasoslarda dvigatel energiyasi tezkor paydo bo‘lish jarayonida boshqa turga aylanib, suyuqlik zarrachalarining tez harakatlanishi natijasida bo‘ralma harakatni buzilishi yoki g‘ildirak kanallarining yuqori chegarasini egallab olishidir.
Bo‘ralma nasoslarning gildiragidagi suyuqlik harakatida surish va bosim bilan uzatish uchastkalari oralig‘ida markazdan qochma kuch samarasi mavjuddir. Keyingi vaqtlardagi tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra bo‘ralma nasos g‘ildiraklaridagi harakat vintlar oralig‘idagi harakatga taqqoslanib ko‘rilganda markazdan qochma va xajmiy nasoslarning samaradorligi bir biriga o‘xshash xolatda ekanligi ma’lum buldi.
Nasos tariflari
Xajmiy nasoslarda energiyani oshishi nasosni yopiq tizimida, suyuqlik oqimini porshen harakati ta’sirida, bosim quvuri tomon siqilishi natijasida paydo bo‘lib, membrana, ilgarilanma-qaytma harakat yoki shesterna tishlari orasida, vintlar, mushtaklar, sirpanuvchi plastinalarni harakati ya’ni nasosning bu elementlarini aylanma harakati jarayonida paydo bo‘ladi.
a) markazdan qochma nasoslarda ishchi g‘ildirak suyuqlik harakati markaziy qismdan chetki tomonga radial yo‘nalishda ya’ni suyuqlik oqim zarrachalarining absolyut tezlikni tashkil etuvchilari bo‘lmaydi.
b) dioganal nasoslarda suyuqlik zarrachalarini tashkil etuvchilari aylanish sirtlari orqali harakatlanib, o‘qqa nisbatan qiya xolatda absolyut tezlikning o‘qli va radial tashkil etuvchilari – bir xil tartibli kattalikda bo‘ladi.
v) o‘qli nasoslarda suyuqlik harakati o‘qli yo‘nalish bo‘yicha xosil bo‘ladi.