Parrakli nasoslar kichik qiymatda uzi surish imkoniyatiga egadir. Ularni ishga tushirishda suruvchi quvurlarga, g‘ildirakka suyuqlik kuyiladi va bundan tashkari xar xil usullar qo‘llaniladi.
Parrakli nasoslarni zamonaviy tez yuruvchi elektromatorlar, bug‘ va gaz turbinlarini ichki yonuv dvigatellari bilan biriktirish qulaydir. Parrakli nasoslar jamlanishi va yengilligi tufayli qulaydir.
Parrakli nasoslarning foydali ish koyeffitsiyenti (FIK) 0.9-0.92 ga teng bo‘lib, porshenli nasoslar kabidir. Shuning uchun uncha yuqori va o‘rtacha bosimlarda, hamda katta qiymatdagi sarflarni uzatishda parrakli nasoslar qo‘llaniladi. Hozirgi paytda loyixalash ishlarini mukammallashtirilgan texnologiyalaridan foydalanilgan holda, zamonaviy parrakli nasoslar qo‘llanilib, ular 3000 metr va undan katta bosimlardagi ishlab chiqarish soxalarida qo‘llanilmoqda. Parrakli nasoslar neft va neft maxsulotlarini quvurlarga uzatishda, neft kazib olishda, neft qatlamlariga suv uzatishda, neft kimyosida yuqori zaxarli va zaxarli suyuqliklarni uzatishda qo‘llanilmoqda. Parrakli nasoslarni kamchiligi aylanish chastotasi va surish balandligini chegaralanganligi, kavitatsiyaning paydo bo‘lishidir.
Nasos tariflari
Burilma nasoslar barqaror (bir joyga o‘rnatilgan) va qochma qurilmali, quvvati bir necha un kilovattdan katta, qovushqoqligi kam, tarkibida abraziv aralashmalari bo‘lmagan suyuqliklarni uzatishda qo‘llaniladi. Bo‘ralma nasoslarning bosimi markazdan qochma nasoslarga (MQN) nisbatan 2-5 marta katta, ya’ni bir xil diametrli g‘ildirakda aylanish chastotasi past, FIK (0.25-0.5) ga teng.
Xajmiy nasoslar shu bilan tavsiflanadiki, uni ishchi organlarida davriy xolatda yopiq xajmiy suyuqlikni ma’lum bir sigimi siqilib, bosim bilan quvurli utkazgichga uzatiladi.
Xajmiy nasoslarning asosiy xususiyati shundaki, doimiy ravishda germetikligi, suruvchi va bosim bilan uzatish xonalarining ajratilishi, uzi surish imkoniyatidir. Xajmiy nasosning uzatish miqdori ishchi organlarining geometrik o‘lchamlar va birlik vaqtdagi sikllar soni bilan belgilanadi. Xajmiy nasoslarning uzatish quvvati 0.8 dan 800 m3/soat va undan xam kattadir. Xajmiy nasoslarda bosim kattaligi chegaralanmagandir.