Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari Reja


Elektr va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarnnig xossalari



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#166668
1   2   3   4
Suyuq kristallar va ularni xususiyatlari

Elektr va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarnnig xossalari. Oddiy nematik moddaning molekulalari elektr va magnit maydonda xuddi temir kukunlari kabi ta’sirlashadi: Juda kichik maydonning o’ziyoq molekulalarning uzun o’qlarini bir-biriga parallel joylashtiradi. Magnit maydoni suyuq kristallarning yopishqoqligini ham o’zgartiradi.
Elektr maydoniga joylashtirilgan yupqa suyuq kristall qatlamida difraksion panjaraga o’xshash fazoviy-davriy strukturalar vujudga keladi. Ma’lum sharoitlarda strukturalar davri va difraksion maksimumlarning intensivligi namunadagi kuchlanishga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa boshqariladigan difraksion panjaralar yaratishda foydalanish mumkin.
Katta elektr maydonlarda suyuq kristallarning dastlab tiniq namunasi, yorug’likni kuchli sochilishi tufayli u xira-loyqa bo’lib qoladi. Elektr maydon olingandan so’ng suyuq kristall o’zining dastalabki xolatiga qaytadi. (yopishqoqligi katta bo’lgan smektikdan boshqalari, u tasvirni uzoq vaqt “eslab” qoladi).
Suyuq kristallarni qo’llanilishi. Matritsaviy qurilmalar. Displeylar. Hozirgi paytda suyuq kristallar texnikaning turli soxalarida keng qo’llanilmoqda. Ularni ba’zilarini quyida ko’rib o’tamiz.
1. Elektr payvandlovchi uchun maska (niqob).
Germaniya firmalaridan biri payvandlovchi uchun yangi maska chiqardi. Unda maskadagi qora oyna, ikkita suyuq kristalldan yasalgan yorug’ yupqa qatlam bilan almashtiriladi. Bu tvist yacheyka bo’lib, u fotoelementdan boshqariladi. Elektr yoy chaqnashi bilan suyuq kristallning molekulalari fotoelementdan berilgan kamandaga ko’ra buriladi va yorug’likni tamomila o’tkazmaydi. Demak suyuq kristall yacheykaga qo’yilgan kuchlanish ta’sirida molekulalar qayta orentatsiyalanadi. Payvandlash to’xtashi bilanoq molekulalar dastlabki xolatiga qaytadi.
2. Tibbiyotda qo’llanilishi. Suyuq kristallar xozirgi paytda bemorlarga tashxis qo’yish uchun ishlatilishi mumkin. Shu maqsadda ultratovushli rentgen yaratildi. Bunda inson a’zosi rentgen nuri bilan emas, balki ultratovush bilan yoritiladi, ultratovush inson uchun mutloq zararsizdir.
Bundan tashqari asosiy elementi suyuq kristall yacheykadan iborat bo’lgan asbob yordamida ko’zdan turli masofalarda joylashgan ob’ektlar inson tomonidan qaralganda ko’zning akkomadatsiyasini tadqiq qilish, uning vaqtiy tafsifini va akkomodatsiya jarayonida bo’lishi mumkin bo’lgan patologik o’zgarishlarni o’rganish mumkin. Bu asbobda suyu kristall yacheykasida yorug’likning dinamik sochlish xodisasidan foydalaniladi, yacheykaning o’zi esa ekran vazifasini bajaradi.

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin