Suyuqlikning silindrik naychadan oqishi Idish devoridagi teshikka o`rnatilgan kalta trubalar naychalar deb ataladi. Odatda, naychalardan sarfini ko`paytirish yoki ixcham oqimchalar olish uchun foydalaniladi. Ko`p hollarda idish devori qalin bo`lib, u parma bilan teshilganda naycha shaklida teshik paydo bo`ladi.
Nayshalardan oqadigan suyuqlikni hisoblashda yuqorida keltirilgan tezlik va sarf formulalardan foydalanamiz, lekin , , m koeffisiyentlarning qiymatlari boshqacha bo`ladi.
Silindrik naychalardan suyuqlik oqayotganda kirishda u devordan ajraladi va torayadi. Bu hodisa xuddi yupqa devordagi teshikdan oqish holidagi kabi bo`ladi. Lekin bu torayish to`xtab, toraygan oqimcha bilan naycha devori orasida uyurmali harakat vujudga kelganligi sababli kengayish boshlanadi va oqim naychaning butun kesimini egallab olguncha davom etadi. Natijada oqimcha naychaning ko`ndalnag kesimiga teng kesimda chiqib ketadi. Bu hodisa naychaning uzunligi l uning diametridan 34 marta katta bo`lganda to`liq amalga oshadi (8.2-rasm, a).
Bu holda oqimcha diametri naycha diametriga teng bo`lgani uchun siqilish koeffisiyenti = 1, binobarin, m = bo`ladi.
Agar naycha ln = (34)Dn dan kalta bo`lsa, bu holda toraygan oqimcha naycha kesimigacha kengayib ulgurmaydi va oqim teshikdan oqayotgan suyuqlik kabi bo`ladi (8.2-rasm, b). Naycha uzunligining uning diametriga nisbati va Reynolds soni tezlik hamda sarf koeffisiyentlariga ta'sir ko`rsatadi. Bu ta'sirni tajribalarda ko`p tekshirilgan bo`lib, , m va larning o`rtacha qiymatlari silindrik naychalar uchun quydagicha bo`ladi: