Suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari



Yüklə 352 Kb.
səhifə5/8
tarix08.06.2023
ölçüsü352 Kb.
#126943
1   2   3   4   5   6   7   8
suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari

Konussimon torayuvchi naychalarda ham , m,  koeffisiyentlar konuslik burchagi Θ ga bog`liq. Bunday naychalarda kirishda oqimcha torayadi (bu hodisa silindrik naychalardagiga qaraganda kamroq bo`ladi) va so`ng kengayadi. Nay­cha­dan chiqishda esa, uning kesimi torayishda davom etgani uchun, oqimcha uchun ik­kinchi (tashqi) torayish yuz beradi. Bu naychalarda ichki torayish kam bo`lgani uchun unga sarf bo`lgan energiya qam kam bo`ladi. Tajribadan ma'lumki torayuv­chi naychalarda tezlik koeffisiyenti konuslik burchagi ortishi bilan ortib boradi: sarf koeffisiyenti esa avval ortib borib, Θ = 13° da eng katta qiymatga ( m = 0,946) erishadi, so`ngra esa kamayadi. Shuni aytish keraki sarf koeffisiyenti ortganiga qara­­may torayuvchi naychalarda sarf kamayadi, chunki barcha koeffisiyentlar chi­qish qismiga nisbatan olingan. Bu naychalarda chiqish kesimi kirish kesmiga nis­batan toraygani uchun katta tezliklar olish mumkin.
Konoidal naychalarning shakli yupqa devordagi teshikdan oqayotgan suyu­q­lik oqimi shakliga o`hshash bo`ladi. Shuning uchun ularda ichki torayish boshqa nay­cha­lar­ga qaraganda juda kichik bo`lib, qarshilik ham kam bo`ladi. Demak tezlik sarf va siqilish koeffisiyentlari eng katta bo`ladi. Tajribalarning ko`rsatishicha bu holda m =  = 0,97,  = 1 bo`ladi naycha devorlari juda silliqlanganda esa m =  = 0,995 gacha yetadi. Konoidal naychalar eng katta tezlik va sarf beradi, lekin ularni yasash qiyin bo`lgani uchun amalda juda kam qo`laniladi.
Turli naychalarda suv uchun oqish koeffisientlarining qiymatlari 7-jadvalda keltirilgan. Turli naychalar aktiv turbinalarning soplolarida gidravlik turbinalarning so`ruvchi trubalarida, fontanlarning soplolarida, brandspoyt, gidromonitorlarda turli suyuqlikni so`ruvchi va sochuvchi va boshqa turli qurilmalarda ishlatiladi.
Naychalar katta idish devoriga emas, balki trubaning uchiga o`rnatilgan bo`lsa, (8.8) va (8.10) fromulalarda kirishdagi tezlik v1 ni hisobga olish kerak bo`ladi. Bu holda sarf formulasi quyidagicha yoziladi:


a - konussimon kengayuvchi naycha,
b - konussimon torayuvchi naycha,
v - ko-noidal naycha
Har xil shakildagi naychalar va dumaloq teshik uchun siqilish, tezlik va sarf
koeffisiyentlari.

Т №

Naychalar turi va teshiklar

Rasmlar

Ε

φ

m

ζ

1

Yupqa devordagi do`maloq teshik

8.1

0,64

0,97

0,62

0,06

2

Tashqi silindrik naycha

8.2

1

0,82

0,82

0,5

3

Ichki silindrik naycha

8.3

1

0,71

0,71

1,0

4

Konussimon kengayuvchi naycha Θ = 70 bo`lganda

8.4-а

1

0,45

0,45

3÷4

5

Konussimon torayuvchi naycha Θ = 13024`` bolganda

8.4-b

0,982

0,963

0,946

0,09

6

Konoidal naycha

8.4-v

1

0,97

0,97

0,04

bu yerda Dn va Dt - naycha va truba diametirlari.
Ba'zi hollarda katta sarf yoki tezlik olish uchun ikki xil naychani ketma-ket qo`yiladi. Masalan, brandspoytlarda trubaning uchiga oxiri silindrik naycha bilan tugaydigan konussimon torayuvchi naycha qo`yiladi.

Yüklə 352 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin