suyuqlik kichik tekshikdan oqayotganda qarshilik tezlik va sarf koeffisentlari
Suyuqliklarning teshikdan o`zgaruvchan bosimda oqishi O`zgaruvchan bosimda oqish yoki idishlarning teshikdan yoki naychadan oqish hisobiga bo`shashi masalasini ko`ramiz. Idishning tubida teshik yoki naycha bo`lib, undan suyuqlikning oqish hisobiga bosim kamayib boradi. Natijada oqish tezligi ham kamayib boradi. Shuning uchun bu masala beqaror harakatga misol bo`ladi. Lekin bosim ham, tezlik ham vaqt davomida sekin o`zgargani uchun harakatni qisqa vaqt oraliqlarda barqaror harakatdek ko`rish mumkin. Bu holda masalani yechish uchun Bernulli tenglamasidan foydalansak bo`ladi.
Idishdagi suyuqlikning o`zgaruvchan balandligini H, shu balandlikdagi suyuqlik kesimi yuzini S, teshikning yuzini S0 bilan belglaymiz (8.5-rasm). Kichik vaqt oralig`i dt davomida idishdagi suvning sathi (teshikdan oqish hisobiga) dH ga o`zgaradi. Bu vaqt ichida oqib ketgan suyuqlik miqdori idishdagi suyuqlikning kamayishi Qdt ga teng, ya'ni
Bu yerda manfiy ishora idishdagi suyuqlikning kamayganini bildiradi. Ko`rilayotgan vaqt oraliqida (yuqorida aytilganidek) Bernulli tenglamasidan foydalanish mumkin bo`lgani uchun sarf (8.10) formula bilan hisoblanadi. U holda (8.13) quyidagicha yoziladi
.
oxirgi tenglikdan ko`rinadiki,
Agar sarf koeffisiyenti m ni idish bo`shashi davomida o`zgarmaydi desak, u holda idishning bo`shash vaqti quyidagicha hisoblanadi
Vaqt davomida suyuqlik sirti yoki idish kesimi yuzi S ning sathi H ning o`zgarishiga qarab qanday o`zgarishi S = (H) ma'lum bo`lsa, u holda (8.15) tenglikning o`ng tomonidan integralini hisoblash mumkin. Prizmatik idishlar uchun S = sonst ekanligini nazarda tutib idishning ixtiyoriy sathi suyuqlikdan bo`shash vaqtini hisoblaymiz
Yoki
Idishdagi suyuqlikning dastlabki sathini Hd desak, dastlabki hajm Vd = SHd bo`ladi. U holda idishning dastlabki sathi Hd suyuqlikdan bo`shash vaqti bilan quyidagicha bog`lanadi
Bu formuladan ko`rinadiki, o`zgaruvchan bosimda idishning bo`shash vaqti shu bo`shagancha hajmli suyuqlikning o`zgarmas Hd bosimda oqib ketishi uchun ketgan vaqtga qaraganda ikki baravar ko`p ekan. Bunday masalalar benzin baklarning bo`shab borishini hisoblashda kerak bo`ladi. Masalan, (8.15) tenglamadan suyuqlik sathining H1 dan H2 gacha o`zgarishi uchun ketgan vaqtni quyidagicha hisoblash mumkin