Ta`limning tashkiliy shakllari o`qituvchi va o`quvchining o`zaro ta`sirini tartibga tushirish omili bo`lib, ularga ko`ra ta`lim bosqichma-bosqich harakat qiladi. Masalan, bolalarga biror o`quv materiallini o`rgatmoqchi bo`lsak, quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi; o`rganilgan qoidalarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish.
Ta`limning tashkiliy shakllariga ko`ra bolalarning individual, guruh va jamoa ishlari nisbati aniqlanadi, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, individual, guruh va jamoa ishlarini optimal qo`shib olib borish o`lchovlari belgilanadi. Ta`limning tashkiliy shakllari asosida bolalarning o`quv-biluv faoliyati tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi. Ko`rinadiki, ma`lumot mazmunini o`zlashtirish bevosita ta`limning tashkiliy shakllari bilan ham aloqadordir.
O`qitish va o`qish faoliyati o`zaro ta`sirining belgilangan tartibda ma`lum o`rin hamda vaqtda amalga oshishiga ta`limning tashkiliy shakllari deyiladi.
Darsga qo`yiladigan talablar.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg`or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta`minlash;
o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog`liqliklarni o’rnatish;