Syujet turlari va unsurlari. Badiiy asar kompozisiyasi


Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi



Yüklə 9,73 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü9,73 Kb.
#196598
1   2   3   4
Doniyor Sadullayev Slayd1

Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.

Didaktik (yoki ta’lim) talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.

Darsga qo`yiladigan talablar.

Zamonaviy ta’lim amaliyotida ko’proq ikki tashkiliy shakl: ommaviy va individual shakllardan foydalaniladi. Ayni vaqtda guruhli va juftli o’qish shaklidan amaliyotda ancha keng foydalaniladi.

Ta’limning ommaviy shakli ham, guruhli shakli ham jamoaviy hisoblanmasa-da, lekin ayrim pedagoglar ularni ommaviy ta’lim deb ko’rsatishga harakat qiladilar.

Jamoaviy ishlash faqatgina differensatsiyalashgan guruhli ishlar asosidagina tashkil etiladi. O’quv ishlarini tashkil etishning jamoaviy shakli o’qituvchi va o’quvchilarning dinamik yoki o’zgaruvchan tartibli juftliklarida kechayotgan munosabatlaridir.

Ta’lim maqsadlari va foydalanishning qulayligi nuqtayi nazaridan ta’lim shakllari quyidagicha darajalanadi: asosiy, qo’shimcha va yordamchi ta’lim.

Bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish

Taʼlim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.


Yüklə 9,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin