Syujetli-rolli o’yinlarning ahamiyati


Bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni



Yüklə 54,67 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2023
ölçüsü54,67 Kb.
#89026
1   2   3
Документ Microsoft Word

1.2 Bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirish vositalarida ertak qahramonlaridan foydalanish
Syujetli-rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning yeng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voealari, oilaviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar.
Bolalar kattalarning turmush tarzi, xis-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqatlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yaqqol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi,
moxiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi yeng zarur omillardan biri - bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar
va ularning hatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalarning hulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi. Syujetli, rolli o`yinlarda bolalar asosan o`zlari har kuni ko`rayotgan va ko’zatayotgan kattalarning hatti–harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o`yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o`yinlari orqali ko’zatish qulaydir. Bu o’yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko’proq o`zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o`yinda bolalar bir gurux odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:

  • taassurotlar tarkib topishi;

  • har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;

  • bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi.

Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi.
Eng sodda psixik jarayondan yeng murakkab psixik jarayongacha hammasining yeng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rol o‘ynaydi. Maktabgacha yosh davrida harakatning o’sishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o’stirish va takomillashtirish uchun yeng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko’nikmalarinisub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg’ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun yeng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti- harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.

  1. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni yeslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yig’ilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol’ tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni yeslab qolishni talab qiladi;

  2. shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.

O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq- atvoriga ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bogcha yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga bog’liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V.Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan o‘yinda xulq ko‘knikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin, Ayniqsa, bu omil maktabgacha yosh davrining xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z xo‘lqini o’zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham yerishishlari mumkin. YUqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb yetadi.
Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg’usini qo‘zg’atuvchilar bilan o’zviy bog’liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug’ila boradi, bular boshqa narsalarning tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug’iladi.
Ma’lumki bolaning yoshi ulg’ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va hodisalar dunyosi ham kengayib boradi. Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida, uning faoliyat doirasiga atrofidagi kuchi yetadigan, qo‘lidan keladigan narsalardan tashqari, kattalarning faoliyatlariga doir, yani ularning hali mutlaqo aqllari yetmaydigan, jismoniy jihatdan kuchlari yetmaydigan narsalar ham kiradi. CHunki ular turmush tajribalarining ozligi va binobarin, haddan tashqari qiziquvchanliklari tufayli atrofdagi hamma narsa va hodisalarni bilishga intilaveradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mavxum nazariy faoliyatning, ya’ni nazariy yo’l bilan bilish faoliyatining bo‘linishi mumkin emas. Bu yoshdagi bolalarning atrofdagi narsalarni bilish faoliyatlari faqat bevosita harakat shaklida bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning haddan tashqari faol (betinim, harakatchan) ekanliklarining sababi ham shundadir.
O’yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab ye tadi. SHuning uchun ham o’yin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan.
O’yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashg’ulotlardan so’ng, sayrlardan so’ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. ertalab o’ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o’yinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko’proq didaktik o’yinchoqlar, stol ustida o’ynaladigan stol-bosma o’yinlari, syujetli-rolli o’yinlarni o’ynagan ma’qul.
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak- atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy o’yinda qayta ishlanadi, to’ldiriladi, sifat jihatidan o’zgartiriladi. Bolalarning bunday o’yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o’yinining o’ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o’yin jarayonida yuklangan rol va o’yin syujetidan tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.
O’yinning syujeti— o’z harakati, munosabatlari bilan bog’langan voqea, hodisalar va ularning qatnashuvchilaridir. Rol syujetli-rolli o’yinning asosiy negizi hisoblanadi.
Rol tanlash, o’yinchoqlar bilan o’ynashda o’zaro bog’langan bir necha harakatlarni (ovqat tayyorlash, stolni bezatish, ovqatlantirish) bajarish ko’nikmalarini rivojlantirish. Ikkita shaxs (haydovchi va yo’lovchi, ona va qizi, shifokor va bemor) ishtirok etadigan voqeaband epizodlarda o’zaro kelishgan holda harakatlanishga, o’yinchoq–o’rinbosarlar bilan o’ynaladigan yakka o’yinlarda o’ziga va o’yinchoqqa tegishli rolni o’ynashga o’rgatish.
Rolli o’yinlarning mazmuni va mavzusi o’zgarishi bilan bir qatorda uning to’zilishi va o’yin shakllari o’zgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbuskorligi ham o’sib boradi. Avvaliga bolalar o’z-o’zicha alohida-alohida o’ynaydilar. Sekin- asta rolli o’yinlarning paydo bo’lishi, o’yinda kishilar o’rtasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o’yinni keltirib chiqaradi.
O’yinda har xil rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
O’rtoqlik munosabatining dastlabki xususiyati bolalarda maslahatlashib, kelishib olishda namoyon bo’ladi. Kelishib olish avvalo o’yin mavzusini belgilab olishdan boshlanadi. Keyin rollarni taqsimlashda o’yinchoqlar tayyorlashda va boshqa sohalarda kelishib olinadi.
O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchoqning roli va bolalarniig unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va h. k.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o’ynay olishi, diqqatini shunga to’play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o’ynay olish malakasini shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o’ynashga o’tganlarida bir-birlari bilan ma’lum munosabat o’rnatishlari lozim bo’ladi. Xuddi mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o’ynashga o’rgatish orqali yerishadi.
3 yoshga qadam qo’ygan bolalar bilan suhbatlar, ko’zatishlar o’tkazish, hikoya va ertaklar o’qib berish, maslahat berish va o’yinlarga qiziqtirish kerak. O’yinda bolalarni katta ish-harakatining faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni odamlarga, mehnatga bo’lgan munosabatlariga ham taqlid qildirish, bolalarda ahillik bilan uynay olish, rollarni taqsimlay bilish, ko’zlangan maksadga erisha olish, tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ularning o’yinga qo’shilishiga yordam berish kerak. Bolalarda hayol tasavvurlarini o’stirish ularda mustaqil biron yangi o’yinni ijod etish, bu o’yinga kerakli narsalarni tanlash, binolar qurish, ba’zi o’yinchoqlarni o’z qo’li bilan yasash, badiiy mashg’ulotlarda orttirgan malakalarini o’yinda qo’llash, qo’shiqlar aytish, she’r o’qish, chizgan rasmlardan va yasagan narsalardan foydalanish istagini o’yg’otadi.
Jamoa o’yinining paydo bo’lishi uning mavzui va mazmunini ham, to’zilishini ham tez rivojlantirish va o’zlashtirish imkonini yaratadi. Bolalar o’yinlari mavzuining o’zgarishida maishiy o’yinlardan mehnat, ishlab chiqarish ijodiyiga ega bo’lgan o’yinlarga, so’ng turli ijtimoiy hayot voqea va hodisalari aks ettiriladigan o’yinlarga o’tiladi. O’yinning mazmuni ham rivojlanadi.
3 yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. "Men oyisiman", "Men - shifokorman" lekin bolalar birdaniga e nag a , tarbiyachi, s h i f o k or bo’lib qolishi mumkin.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi 3- yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchoqni va o’zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi:
Masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan: sen kimsan?—deb so’rasa, «SHoferman» deb javob beradi. Yoki qizcha qo’g’irchog’iga ovqat pishiryapti. «Sen kimsan?»—degan savolga, «Men oshpazman», deb javob beradi. Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi. YOki qo’g’irchoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’on-dakam dori beriladi. O’zoq davom etadigan o’yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’yinlarining yuqori bosqichi
o’yinda har xii rollar orqali o’zaro munosabatda bo’lish bolalarda o’rtoqlik munosabatlari ni shakllantirishga yordam beradi. O’yinning to’zilishi va mazmuni o’zgarishi bilan o’yinchog’ning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham o’zgarib boradi va x.k.
Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijodiy o’yinning rivojlanib borishi.
3 yoshdagi bolalarning o’yinlari yangi tus oladi: bola qo’g’irchog’ni va o’zini k ishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb so’rasa, "Haydovchiman" deb javob beradi, yoki qizcha qo’g’richog’iga ovqat pishirayapti. "Sen kimsan?"- degan savolga "Men oshpazman" deb javob beradi.
Bolalar o’z o’yinlarida sekin-asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks yetadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotg’izishadi, mashinada tortishadi. YAna ovqat berishadi va uxlatishadi, yoki qo’g’richoq kasal bo’lib qolsa, darrov uning qo’li, oyog’i bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.
O’yining qiziqarli bo’lishi va unda bolalarning qanday ishtirok e t i s h lari o’yinning mazmuniga bog’liq. O’yinda bola ij’ro yetadigan rol o’yining asosiy o’zagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o’yinlar rolli yoki syujetli- rolli o’yinlar nomini olgan hisoblanadi.
Bola 4 yoshga o’tganda syujetli-rolli o’yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O’yinlar mavzui har xil bo’lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o’z o’yinlarida oila, maktabgacha ta’lim muassasasida, avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar.
Bolalar o’yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O’yin bolalarning qiziqarli yermagigina bo’lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o’yin kattalar tomonidan tashkil yetilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.
Har bir bolaning yaxshi ko’rgan o’yini va yaxshi ko’rgan roli bo’ladi. Masalan, shifokor bo’lishni xohlagan qiz mana shu rolni har xil o’yinda: maktabgacha ta’lim muassasasi, kasalxona, paroxod va shu kabi o’yinlarda o’ynashga intiladi. Maktabgacha yoshining oxirida so’z yangi ahamiyat kasb etadi: bolalar so’z orqali butun bir o’yin epizodlarini yarata boshlaydilar. Bolalardagi bu xususiyat ularning taffakkur va hayollari rivojlanganligidan darak beradi.
Bolalarning o’ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak.
Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar ulardan asosiylari quyidagilar:
  • bolalarning o’z harakatlari;


  • o’yinchoq va boshqa materiallar;

  • so’z-bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o’zlarining harakatidir.

Masalan, bola ikki oyog’ida sakrab quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qo’lini qimirlatib, pishillab parovoz bo’ladi va hokazo. Bolalariing ko’p harakatlari qurish, yasash bilan bog’liq bo’ladi. Ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o’ziga o’xshatishga urinadilar. Ko’pincha qurish o’yinning boshlanishi bo’lib xizmat qiladi.
Taqlid vositasiga o’yinchoq ham kiradi. O’yinchoq bola harakatini to’ldiradi, o’ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Masalan, qo’liga qo’g’irchoqni ko’tarib olgan qizaloq o’zini haqiqiy onadek sezadi va haqiqiy onalar bajaradigan ishni bajaradi: qizni ovqatlantiradi, kiyintiradi, uxlashga yotqizadi va h. k.
Syujetli-obrazli o’yyinchoqlar syujetli-rolli o’yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy harakter kirralarini, muloyimlik, g’amxo’rlik, yordam berishga yehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o’ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Ko’pchilik bolalar o’yinlari xilma-xil o’yinchoqlardan foydalanish bilan bog’liq. O’yinchoq bola hayotining yo’ldoshi, uning quvonch manbaidir. U nafaqat o’yin quroli, balki bolalar o’yinida sherik, o’rtoq, kattalar qo’lida esa tarbiyaning muhim qurollaridan biridir. O’yinchoq o’yin yaratishda ishtirok ye tadi, bolaning o’ziga xos sherigi sifatida namoyon bo’ladi, uning shaxsiga katta ta’sir o’tkazadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o’z o’yinchoqlarini sevadi, ularga bog’lanib qoladi, shu tufayli u o’zini atrofdagi hayotning to’laqonli a’zosi deb hisoblaydi.
To’g’ri tanlangan o’yinchoqlar bolani aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Xalq pedagogikasida o’yinchoqlarning butun bir sistemasi ishlab chiqilgan.
Ular bilan amalga oshiriladigan o’yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
"YOshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab yezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borganda, muhi m bir masala haqida to’xtalib o’tish o’rinli deb o’ylayman. U ham bo’lsa dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zgacha ma’no topishga intilayotgan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi o’yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos e kanligi ayon bo’ladi.
Farzandlarimiz milliy xunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o’yinchoqlarni o’ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir ye tgan bo’lar yedik"3 deb ta’kidlgan edi birinchi prezidentimiz I.A Karimov. Darhaqiqat go’dakning ulg’ayib kelajakda qanday yo’ldan borishi o’zining haet tarzini qanday axloqiy ma’naviy asoslarga qurishi ham uning bolalikda qanday o’yinchoqlar o’ynagani bilan belgilanadi. Har bir h alqning o’yinchog’i o’zining pedagogik badiiy va amaliy an’anasiga egadir o’yinchoq hamma millat halqlariga hurmat hissini tarbiyalashi lozim.
O’yinchoqqa quyidagi talablar qo’yiladi:
Pedagogik talab . O’yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g’oyasi nuqtai nazariga mos kelishi, g’oyaviy jihatdan qimmatli bo’lishi pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O’yinchoq bolada olijanob tuyg’ularni o’yg’otishi, boshqa millat bolalari bilan do’stona munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob tuyg’ular uyg’otishi, ijobiy ahloqiy tajriba to’plashga yordam berishi lozim. Bolaning faollikka bo’lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg’otishi kerak. Obrazli o’yinchoq real haqiqatni ifoda yetadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
Gigienik talablar. O’yinchoq qanday materialdan va rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.
Badiiy talablar. SHakl, buyoq va bezaklarning har tomonlama uyg’unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to’ldirib, ta’kidlab, o’yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O’yinchoqlarning to’zilishi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to’la mos kelmog’i lozim.
To’g’ri tanlangan o’yinchoq - bolaning jismoniy, ahloqiy, aqliy va badiiy- estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o’yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb yetib, sensor va nutq rivojiga ta’sir yetadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo’lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O’yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o’ynash tuyg’usini uyg’otadi va ijobiy his-tuyg’ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg’ularni shakllantirishda qo’g’irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy ko’g’irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo’lgan tengdoshlariga bo’lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni biri nchi yorqin obrazli va ye ng tushunarli buyumi bo’lgan o’yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg’otadi, yestetik tarbiyani to’plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. SHu o’rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo’lgan xalq o’yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
O’yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo’lgan yehtiyojini qondiradi. Tezkor javob reaktsiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiklashtirishini rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo’ljallangan ko’p o’yinchoqlar (shaqldoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko’rish va yeshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o’stirishga yordam beradi.
Texnika o’yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo’lgan qiziqishni uyg’otib, ularni o’z o’yinlarida qo’llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar. mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko’rinishi, obrazini va unga xos harakatlarini tanishtiruvchi texnik o’yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o’yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash qobiliyatlarini rivojlantiridi hamda ijodkorlikka intilish uyg’otadi. Bu o’yinchoqlarni o’ynash buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g’ildiraklar harakatlanishi, yeshik ochilishi). Qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinchoqlarning asosiy 2 turi mavjud:
a) kublar, prizmalar, konuslar, piramida, tsilindrlar, plastinkalar. geometrik shakllar to’plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tomarqa va boshqa arxitektura va qurilish materiallari. Mayda (stol o’yinlari uchun) va yirik (polda va maydonchada) o’ynashga mo’ljallangan bu qurilish materiallarining rangi har xil bo’lishi mumkin.
Didaktik o’yinchoqlarning asosini halq o’yinchoqlari tashkil qiladi. Ular o’ynashda bola o’z-o’zini nazorat qiladi. Xilma-xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o’yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatli o’yinlarga mo’ljallangan o’yinchoqlar: suv, qum bilan o’ynaladigan o’yinchoqlar, koptoklar, arg’amchilar, chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o’yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.
Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug’diradi. Ba’zan arzimagan detal ham o’yinga qiziqish uyg’otadi. Masalan, petrushka o’tdan qalpoq qilib, qizil SHapkachaga shlyapa, biron hayvonga dumcha yasab bolalar o’z taassurotlarini to’laroq ifodalaydilar.
Bolalar o’yin jarayonida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o’sha xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o’ynaydilar, masalan, taomni «kokfet», qumni «shakar», stulni «mashina» deb atashlari mumkin.
O’yinchoq-ovutmachoklar harakatchan, ko’pincha ovoz chiqaradigan bo’ladi. Ular bolalarni o’zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, ijodiylari esa vaqtichog’lik bag’ishlaydi.
Qulbola o’yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalarni sahnalashtiradilar.
O’yinchoqlarni materialiga ko’ra: hunarmandchilik, qo’lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko o’yinchoqlarning 3 turini ajratib ko’rsatgan edi: tayyor o’yinchoqlar, yarim tayyor o’yinchoqlar va o’yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalarning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o’stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o’sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.
So’z yordamida bolalar qanday o’yin o’ynashlarini va boshqalarni kelishib oladilar. So’z yordamida bir-biri bilan muomalada bo’lib, o’z fikrlarini izhor etishadi. So’z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar bu hamma vositalardan ko’pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Bola hech qachon jim o’ynamaydi, bitta o’zi o’ynasa ham u o’yinchoq bilan gaplashadi, o’zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o’rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o’rniga o’zi gapiraveradi. So’z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.
Nutq o’yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o’z his-tuyg’u, kechinmalarini o’rtoqlashadi. So’z bolalar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo’lishga yordam beradi.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko’p bo’lsa, o’yin mazmuni shunchalik boyroq bo’ladi, hamda tevarak atrofdagi voqiyalardan olingan taassurot shunchalik to’laroq aks ettirilali.
O’yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bo’lgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lgani uchun uning syujetini bolalar o’zlari o’ylab topishadi va o’zlari tashkil etishadi. O’yinda bolalar o’zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi. O’zaro kelishib harakat qilishga o’rganishadi.
Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o’ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o’z o’rnini topa olishi va shu jamoada o’rnashib olishi lozim.


    1. Yüklə 54,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin