T estlar majmualarini ishlab chiqish samaradorligi va o' quv jarayonini tashkil



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#39312
1   2   3   4
iSpring dasturi va uning imkoniyatlari. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videomaʼruzalar yaratish.

iSpring dasturining interfeysi

EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.

iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:

  • biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;

  • vaqt shkalasini yaratish;

  • 3 o‘lchovli kitob yaratish;

  • FAQ yaratish mumkin.





iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari

EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.

iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:

  • tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;

  • ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;

  • bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;

  • ochiq test topshiriqlari;

  • o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;

  • to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.





3-rasm. iSpring QuizMaker dasturining interfeysi



  1. 3. Masalaning o'rganilganlik darajasi va uning qo'yilishi


iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan testlar kompleksini ishlab chiqish mavzuda keltirib o'tilgan bitiruv malakaviy ishida asosiy vazifa mavzuning mazmuni doirasida fanga tegishli bo'limlarni ajratib olish, har bir bob bo'yicha mavzularni mazmunini alohida shakllantirish hamda shu mavzular mazmunidan kelib chiqqan holda har bir mavzu doirasida darajali testlar kompleksini ishlab chiqish mavzuning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.

SHuningdek, bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni belgilab olinadi:

  • Darajali testlar majmualarini yaratuvchi tizimlarni tahlil qilish;

  • Darajali testlar va ularni yaratish bo'yicha mavjud manbalar tahlilini amalga oshirish;

  • Testlar majmualarini ishlab chiqish samaradorligi va o'quv jarayonini tashkil etishdagi o'rnini tahlil qilish va asoslash;

  • iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablari, xis qilinuvchi darajali testlar ishlab chiqish bo'yicha dasturning imkoniyatlarini yoritib berish orqali mavzuning dolzarbligini yanada asoslab berish;;

  • iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablarini ishlab chiqish;

  • iSpring QuizMaker dasturi va uni testlar majmualarini ishlab chiqishdagi samaralarini baholash;

  • Web dasturlash fani bo'yicha me'yoriy xujjatlar va ularni asoslarini shakllantirish;

  • iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini ishlab chiqish;

  • Web dasturlash fanidan mavzular kesimida testlar kompleksini ishlab chiqish;

  • iSpring QuizMaker dasturida Web dasturlash fanidan multimedia vositali darajali testlar majmuasini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish;

  • O'quv mashg'ulotlarida yaratilgan dasturiy mahsulotdan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqish;

  • O'quv mashg'ulotlarida dasturiy mahsulotdan foydalanish va uning samaradorligini baholash;

  • Nazariy dars mashg'ulotlarini tashkil etishda mehnat muhofazasi talablari va unga rioya qilish bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqish;

  • Hayot faoliyati xavfsizligi bo'yicha zaruriy ma'lumotlar va tavsiyalarni keltirib o'tish;

  • Bitiruv malakaviy ishini bajarish natijasida olingan natijalar bo' yicha xulosa va takliflarni keltirish;

  • Muammoni yechishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini keltirib o'tish talab qilinadi. Keltirib o'tilgan mavzuga oid manbalardan ham ma'lumki, kasb-hunar kollejlarida o'qiydigan

talabalar, qolaversa shu yo'nalishda pedagogik faoliyat olib boruvchi barcha o'qituvchilar uchun mutaxassislik fanlar blokida o'qitiladigan “Web dasturlash” fani mashg'ulotlarida talabalar bilimini baholashni test shaklida tashkil etishda bunday texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha intellektual ta'lim resurslarini ishlab chiqish talabalarni bilim olishlarida amaliy yordam berishi nazarda tutiladi. Mavzuda keltirib o'tilgan masalani teranroq ochib berish hamda kelgusida shu fan bo'yicha





bilimlarini yanada mukammalroq qilmoqchi bo'lgan talabalarga eng ajoyib va ommabop bo'lgan o'z bilimlarini tekshirish uchun mo'ljallangan elektron intellektual ta'lim resurslari hamda dars ishlanmalarini yaratish talab qilinadi. SHuningdek, zamonaviy dars mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha chuqur bilimlarga ega bo'lish uchun fan negizidagi bilimlarni yanada ochib berish va uni o'qitish metodikasini ishlab chiqish talab qilinadi.





  1. bob. iSpring QuizMaker dasturi va uni o'rnatish talablari, xis qilinuvchi darajali testlar ishlab chiqish bo'yicha dasturning imkoniyatlari

    1. iSpring QuizMaker dasturi imkoniyatlari va uning interfeysi


Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.

EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv-metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil].

Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.

EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi IhttpV/www.ispringsolutions.com I. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega rhttp://www.ispringsolutions.coml. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.

iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  • taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;

  • taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;

  • taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;

  • video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;

  • elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);

  • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;

  • taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;

  • videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

  • YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin