|
|
səhifə | 3/4 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 1,06 Mb. | | #39312 |
| iSpring dasturi va uning imkoniyatlari. iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videomaʼruzalar yaratish.
iSpring dasturining interfeysi
EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
vaqt shkalasini yaratish;
3 o‘lchovli kitob yaratish;
FAQ yaratish mumkin.
iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
ochiq test topshiriqlari;
o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: |
|
|