T. Malikov O. Olimjonov moliya


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

 


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 

“Moliya” iborasi qanday ma’nolarni anglatadi?


Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlarini tushun-tirib bering.


Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi 
tasavvurlar vaqt o’tishi bilan o’z ko’rinishini qanday o’zgartirib 
borgan?


Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, 
tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi?


Tarixiy 
kategoriya 
sifatida 
moliyaning 
vujudga 
kelishi 
sabablarini izohlab bering.


Moliyaning 
ta’rifi.


Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilarini 
ayting.


Moliya o’zining xarakterli belgilarini tushuntirib bering.


Moliya kimlar (nimalar) o’rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlarini ifodalaydi?


O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya nimalarni ifoda
etadi?




Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati qanday 
savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon 
bo’ladi?


Taqsimlash jarayonlarida moliyadan tashqari yana qanday 
iqtisodiy kategoriyalar ishtirok etadi?


Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy 
kategoriyalar bilan o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari aytib bering.


Moliyaning mohiyati nimalar orqali namoyon 
bo’ladi?


Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?


Moliyaning taqsimlash funksiyasi, eng avvalo, qayerda 
namoyon 
bo’ladi?


Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari 
o’rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo’linadi?


Qanday qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib 
chiquvchi” daromadlar tashkil topadi?


Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadini tushuntirib 
bering.


Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarni amalga oshirishga 
imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib beradi?


Moliya nazorat funksiyasining asosini nima tashkil etadi?


Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nimalardan 
iborat?


Bozor 
munosabatlariga o’tish sharoitida moliyaning nazorat 
funksiyasi nimalarga 
yo’naltiriladi?


Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda qanday organlarning 
faoliyatlari orqali namoyon 
bo’ladi?


Moliyaning funksiyalari nima orqali amalga oshiri-ladi?


Takror ishla
b chiqarish jarayoni o’z ichiga qanday bosqichlarni 
oladi?


Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga 
tegishli bo’lgan daromadni qanday qismlarga bo’ladi?


Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan 
farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini aytib bering.


Jami ijtimoiy mahsulotning umumiy taqsimlanish tartibi 
qanday?


Jami ijtimoiy mahsulot qanday ikki asosiy qismdan iborat?


Nega hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad-larni 
chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish 
bazasiga (asosiga) ega emas, deb qabul qilingan?




Iste’mol fondining tarkibiy qismlarini ayting.


Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi nima orqali amalga 
oshiriladi?


Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moliya 
qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi?


Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balans-lashtirilgan 
chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni 
buziladimi? Nega?


Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farq-lanishi 
qanday sabablar bilan belgilanadi?


Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar
belgilab beradi?


Moliya qanday qilib umumiylik xarakteriga ega 
bo’ladi?


Quldorlik, feodal va kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda 
moliyaning 
shakllanishi va taraqqiyoti qanday o’ziga xos
xususiyatlar bilan belgilanadi?


Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallif 
kim?


Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni 
kiritish mumkin?


XUII-XUIII asrlarda mol
iya fanini boyitishga o’zlarining munosib 
hissalarini qo’shgan nemis olimlari kimlar?


Mumtoz maktab vakillarining moliya to’g’risidagi ta’limotlarini 
qanday to’rtta asosiy yo’nalishga keltirsa bo’ladi?


XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga 
kimlarni kiritish mumkin?


Moliya sohasidagi ilmiy ishning birinchi rus muallifi kim va u 
nimalarning tarafdori 
bo’lgan?


Yu.Krijanich 
va 
G.Kotoshixinlarning 
moliya 
xususidagi 
qarashlarini tushuntirib bering.


XUIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yirik vakili 
kim hisoblanadi va uning moliya sohasidagi taklifini qanday 
ifodalash mumkin?


Rossiyada birinchi bo’lib kimning asarida “soliq” atamasi 
ishlatilgan?


Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi kim tomondan va 
qachon yozilgan?


XIX asrning oxirlarida o’z asarlari moliya nazariyasini 
rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shgan rus olimlari 
kimlar edi? Ularning qanday asarlarini bilasiz?




Kimning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki 
munosabatlardir?


XX asrning boshlarida moliyaga oid kimlarning asarlari paydo 
bo’ldi?


Sho’rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga munosib 
hissa qo’shgan iqtisodchi olimlarni aytib bering.


Qur’oni Karim va Hadislarda qaysi islomiy soliqlar haqida 
qanday fikr va tavsiyalar berilgan?


“Avesto”da hamda “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi doston-larda 
bayon etilgan moliyaga daxldor g’oya va fikrlarni aytib bering.


Marg’inoniy va Nizomulmulkning qaysi asarlarida moliya 
bo’yicha qanday fikrlar mavjud?


Al-
Farg’oniyning soliqqa tortish tartibiga qo’shgan nazariy va 
amaliy hissasining ahamiyati qanday?


Buyuk Temurning moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirish 
sohasidagi xizmatlarini aytib bering.


Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va 
amaliyotini qanday rivojlantirishgan?


Xoja Ubaydulloh Ahrorning moliya va soliq sohasida qilgan 
xizmatlarini tushuntirib bering.


Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirishda 
qanday xizmatlar qilgan?


O‘zbek mutafakkirlaridan yana kimlar moliya faniga daxldor 
asarlar yozishgan?


O‘zbek mutafakkirlarining moliya sohasidagi ta’li-motlarini 
o’rganishga qanday sabablar to’sqinlik qilyapti?


2016-2018 yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini 
o’rganish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarorlari va bu borada amalga oshirilgan chora- 
tadbirlar haqida gapirib bering.




Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin