T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

2.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari 
(yo’nalishlari)23 
 
Moliyaviy 
siyosatning 
tarkibiy 
qismlari 
(yo’nalishlari) 
quyidagilardan iborat: 

byudjet siyosati;


soliq siyosati;


pul siyosati;


kredit siyosati;


baho siyosati;


investitsion siyosat;


ijtimoiy moliyaviy siyosat;


boj siyosati.

Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini 
amalga oshirishning vositasi bo’lib hisoblanadi va shu ma’noda 
yordamchi rolni o’ynaydi. Bir vaqtning o’zida davlat siyosatining 
boshqa 
– milliy, geosiyosat, harbiy – yo’nalishlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo’nalishning 
(iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) 
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida xizmat 
qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi 
sifatida boshqaruvning oliy organlariga tegishlidir. Mamlakatning 
sub’yektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul 
qilinish 
imkoniyatlari 
cheklangan 
va 
mahalliy 
hokimiyat
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu 
funksiyalari o’z byudjetlarini shakllantirish va ishlatish hamda 
mahalliy soliqlarni qabul qilish va ularning mablag’-larini ishlatish 
masalalari bilan cheklanadi. 
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning byudjet 
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konsti-tutsiyasi, 
qonunchiligi va byudjet jarayonida hokimiyat organlari barcha 
bo’g’inlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga 
muvofiq ishlab chiqiladi. 
O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng 
23
Moliyaviy siyosat yaxlit va bir butun jarayonlarni o’z ichiga olib, bu 
o’rinda u 8 ta tarkibiy qismdan iborat. Lekin moliyaviy siyosatni 


amaliyotga joriy etishda mazkur tarkibiy qismlarni moliyaviy siyosatning 
yo’nalishlari sifatida ham tushunish mumkin. Shu bois darslikning 2.2-
paragrafida “tarkibiy qism” va “yo’nalish” so’zlari bir xil ma’noni 
anglatadigan iboralar sifatida ishlatilgan. 


katta ish bo’lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet 
jarayoniga tegishli deb hisoblash noto’g’ri. Qonun byudjet
jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiya- 
larini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet jarayoni 
sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi 
kerak. Biroq byudjet siyosati faqat shu masalalar bilan cheklanib 
qolmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to’planadigan YaIM hissasini 
aniqlash, shu sohada mamlakat yuqori va quyi organla
rining o’zaro 
munosa-batlarini belgilash, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy 
tuzilishini aniqlash, turli darajadagi byudjet-
lar o’rtasida xarajatlarni 
taqsimlash, davlat qarzini boshqarish, byudjet defitsitini qoplash 
yo’llarini aniqlash va h.k.lar ham byudjet siyosatining vazifalariga 
kiradi. 
Ma’rifiy davlatlarda byudjet qonun tarzida tasdiq-lanadigan 
hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o’z funksiyalarini bajarish 
maqsadida davlat qo’lida to’plangan pul mablag’larining harakati o’z 
ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga 
erishish uchun pul resurslarini yo’naltirish byudjet siyosatining 
ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Agar maqsadga erishish milliy 
iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag’lardan ko’p mablag’ talab etsa, 
davlat qo’shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi 
favquloddagi usullarini qo’llashga majbur bo’ladi: ichki va tashqi 
kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va 
kontsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to’ldirishning 
favqulo
ddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo’qolishiga olib 
kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik 
organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. 
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim yo’na- 
lishlaridan biri hisoblanadi. Bir necha asr mobaynida zamonaviy 
moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash
imkoniga ega bo’lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil 
topadi: 

davlat muayyan miqdordagi moliyaviy resurslarga ega 
bo’lmasdan to’laqonli faoliyat ko’rsatishi mumkin emas;


mablag’larni 
soliq 
yordamida 
undirish 
qat’iy 
o’sish 
tendentsiyasiga ega;


soliq yuklamasining oqilona chegarasidan o’tilganidan so’ng 
tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi, ya’ni iqtisodiyotning 
o’z-o’zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo’ladi;




inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal 
darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning 
iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish 
hisobidan tiklanish imkoniga ega 
bo’ladi;


soliq yuklamasining keskin oshib ketishi kapitalning chetga 
chiqib ketishiga olib kelishi mumkin;


iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. 
Biroq, summar o’lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq 
qismining soliq sifatida ol
ib qo’yilishi mamlakat iqtisodiy o’sishini 
to’xtatib qo’yishi mumkin;


soliq imtiyozlari shaffof bo’lishi va barcha takror ishlab
chiqarish sub’yektlari uchun bir xil darajada bo’lishi kerak;


soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo’lmasligi lozim. 
Faqatgina individual daromadlarning o’sishida ifo-dalangan milliy 
boylikning o’sishi soliqqa tortiladigan bazaning barqaror o’sishini 
ta’minlashi mumkin;


qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan 
iqtisodiy tizimda soliqlarning 
miq
dori 
barqaror 
o’sish 
tendentsiyasiga ega bo’ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat 
o’zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona 
iqtisodiyotga yoki xorijga o’tishni boshlab, byudjetning daromadlar 
bazasini qisqartiraveradi;


soliq tizim
i oddiy, ochiq va samarali bo’lmog’i lozim. Soliqlar 
sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko’paytirish, ko’p bosqichli 
soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo’yicha xarajatlarning 
ortishiga, boqimanda va jarima-
larning o’sishiga va pirovardida, 
mulkn
i qamoqqa olish, soliq to’lovchini kasod deb e’lon qilish va h.k. 
yo’llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;


soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet 
daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. 
Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining 
qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki 
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi zimmasiga, 
ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida 
daromadga ega bo’lgan aholining 80-90% qismiga yuklanadi. Bu 
paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’-molning nisbatan bir 
xil darajasiga asoslangan;


egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda 
aholining asosiy qismi
dan jamg’ar-malar olib qo’yiladi va bu, o’z 
navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining



asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh 
tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; 

egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlar, 
zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va 
xizmatlar va boshqa bir qancha o’ziga xos bo’lgan maxsus 
holatlarga nisbatan joriy etish zarur;


daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining 
asosiysi bo’lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proportsional 
soliqqa tortish printsiplariga asosan tashkil etish maqsadga muvofiq. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlar shaxsiy tashabbus 
ko’rsatmasa va jamiyatning ko’pchilik a’zolari samarali mehnat 
qilmasa, iqtisodiyotni talab darajasida rivojlantirishni 
ta’minlash 
qiyin. 
Soliqlar
bozor
iqtisodiyotida mehnatning asosiy 
rag’batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo’yadi, ya’ni mehnat 
daromad keltirishi lozim. Bu holda mamlakat iqtisodiyotiga soliq 
siyosatining
ta’siri bevosita namoyon bo’ladi, ya’ni soliq 
stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab chiqarish 
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqar-tiradi (toraytiradi), 
j
amiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o’z navbatida, 
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari o’sish bazalarining

pasayishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. 
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning 
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul 
massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) 
hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha, 
agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul 
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy 
valyutaning qadrsizlanishi sodir 
bo’ladi. 
Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamla-katning 
qonunchiligiga ham bevosita bog’liq, ya’ni mamlakatda xorijiy 
valyutani
ng muomalada bo’lishiga ruxsat berila-dimi yoki yo’qmi, 
milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo’qmi? va h.k. Mamlakat 
ichida o’z milliy puli bilan parallel ravishda xorijiy valyutaning 
muomalada bo’lishi qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Bunda, eng avvalo, oldi-sotti operatsiyalarining muayyan qismi 
xorijiy vayutada amalga oshiriladi, buning oqibatida muomalada 
milliy valyutaning hissasi haqidagi tasavvur butunlay buzilib ketadi. 
Shunga bog’liq ravishda pul massasi, iqtisodiy ahvol haqidagi 
raqamlar ham ob’yektiv borliqni buzib ko’rsatadi va h.k. 


Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa 
mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining 
qadrsizlanishiga olib keladi. 
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul 
siyosatining yo’nalishlaridir. Emission siyosat muomala uchun zarur 
bo’lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir 
yo’nalishga ega. Bu yo’nalish byudjet daromadlarini ko’paytirishdir. 
Ana shu yo’nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum 
bir miqdoriy chegaradan o’tilganidan so’ng pul tizimi inflyatsiyaga 
moyil (ta’sirchan) bo’lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real 
qadrsizlanishi sodir bo’lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga 
ko’ra davlat o’z pul tizimini tartibga solishga qodir bo’lmasa, 
mamlakatning iqtisodiy xavfsiz-ligiga putur etadi. Chunki bunday 
sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning 
ekspansiyasiga qarshi tura olmaydi va milliy boylikdan mahrum 
bo’lib qolish mumkin (o’zaro hisobga olishlar, aktsiyalarni sotib olish 
va h.k.lar orqali). 
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lib, u 
mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda 
kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda 
kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim 
sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investi-tsiyalar 
uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning 
kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham 
xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy 
faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori 
bo’lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: 

kreditlarning qaytarilmasligi;


ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsu-lotlar 
narxining 
o’sishi;


qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning 
oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;


ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;


takror ishlab 
chiqarish jarayoni sub’yektlari daromad-larining 
pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.

Aksincha, 
kreditning 
arzonlashuvi 
ishlab 
chiqarishning 
sog’lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va 
xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida esa
takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining 


oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va pirovard 
natijada byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning y
o’nalishi sifatida davlatning baho 
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga 
solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda 
erosti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr uzatish tarmoqlari, 
neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar 
tovarlari va xizmatlari bahosining o’sishi milliy xo’jalik boshqa 
barcha tarmoq va sohalarida baho-
larning o’sishiga olib keladi. Bu 
yerda bog’lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo’q. 
Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning 
muhim omili bo’lib hisoblanadi. 
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo’na- 
lishlaridan biri bo’lib, u eng avvalo, mamlakat iqtiso-diyotining real 
sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni 
yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan 
tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning turli 
darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy 
vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy 
resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi 
va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi 
uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. 
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat 
aholisining huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. 
Hozirgi paytda bu siyosat, o’z navbatida, pensiya siyosati, 
immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy 
yordam ko’rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni o’z ichiga oladi. 
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida qarash 
bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi 
sifatida e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig’imlari) 
tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bir 
vaqtning o’zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir 
ko’rsatishning o’ziga xos bo’lgan usuliga ham egadir. Usulning 
o’ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki 
bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi 
yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamla-katdan tovarlar va 
xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga to’sqinlik qilishi 
mumkin. Masalan, mamlakatda o’xshashi bo’lmagan texnologik 
asbob-
uskunani import qilishga yuqori stavkali boj yig’imi o’rnatilsa, 
bu narsa mamla-katdagi ishlab chiqaruvchilarning investitsion 


imkoniyat-larini kamaytiradi, ichki ishlab chiqa
rishning o’sish 
sur’atlarini 
pasaytiradi, 
import 
qilinadigan 
mahsulot-larning 
salmog’ini oshiradi. 
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga 
egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi 
stavkalarining joriy etilishi 
ko’p hollarda amaliyotda xuddi shunday 
javob choralarining qo’llanilishiga olib keladi. Boj siyosati 
yo’nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi 
kerak. Masalan, bugun mamlakatimiz oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj 
tovarlarining qaysi
dir bir turlarini import qilishga majbur bo’lsak, bu 
holat boj stavkalarida o’z aksini topmog’i lozim. Ammo boj stavkalari 
rag’batlan-tiruvchi bo’lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab 
chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati 
bojxona bojlari va to’lovlarini oshirishga yo’naltirilgan byudjet 
siyosatiga bog’liq bo’ladi. 
Xullas, 
moliyaviy 
siyosat 
va 
uning 
tarkibiy 
qismlari 
(yo’nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga 
erishishga yo’naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish 
sub’yektlarining manfaatlariga zid bo’lmaydigan bo’lishi kerak. Uning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining 
kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralarining ortishiga, inflya- 
tsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YaIM hajmining 
ko’payishiga, mamlakatimizda ishlab chiqarila-yotgan mahsulotlar 
raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kelmog’i lozim. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin