T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

davlat byudjeti 
daromadlari 
katego-
riyasining namoyon bo’lish shakllarining 
o’zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib 
qolganligini angla-
tadi. Demak, byudjetga to’lovlar ko’rinishining 
o’zgarishi, bir to’lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy 
kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyu-tsiyasidir. 
Biroq bundan moliyaviy va 
davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan 
ob’yektiv, ularning namoyon bo’lish shakllari esa sub’yektivdir, degan 
xulosa chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati, 
iqtisodiyotning 
taraqqiyot 
darajasi, 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining etukligi va 
boshqa omillar, ma’lum darajada, 
davlat byudjeti daromad-larining shakllarini ham belgilab beradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy 
taraqqiyotga 
erishish, 
uning 
samaradorligini 
ta’minlash, 
raqobatbardoshlikka 
erishish 
hisoblansa, 
bu 
vazifalarning 
bajarilishiga byudjetga to’lovlarning shakllari ham o’zining sezilarli 
hissasini qo’shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy 
jiha
tdan 
ta’min-labgina 
qolmasdan, 
balki 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va 
maqsadli taqsimlanishini rag’batlantirishi ham kerak. Shunday qilib, 
davlat tomonidan o’rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan 
byudjetg
a to’lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida, 
moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o’z ifodasini 
topgan ob’yektiv omillarga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi. 
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va 
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz 
beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab 
jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy 
bo’linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek ko’rinadi. 
Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha 
sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha 
sub’yektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi 
har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun 
bu bosqichda 
ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo’l- 
jallangan fondlarning) umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida 


ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetiningxarajatlari 
joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi 
oqibatida 
ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati 
vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati 
paydo bo’ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir 
bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining barchasi 
ishtirok 
etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari 
esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi. 
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag’larini hududlararo 
taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo’g’inlari o’rta-sidagi 
munosabatlardek ko’rinadi. Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning 
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o’z daromadlari 
hisobidan quyi bo’g’inlarning davlat byudjeti munosabatlarini tartibga 
soluvchi har bir davlat byudjeti bo’linmasi amalda bu 
munosabatlarning tar-
kibiga yuqorida ko’rsatilgan balanslashtirish 
sodir bo’layotgan ko’plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular 
esa, o’z navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish-da 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholidan tushgan mablag’larni 
sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli sub’yektlar o’rtasida 
murakkab va ko’p tomonlama taqsimlash munosabatlari vujudga 
keladi. 
Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti va uning barcha bo’linma- 
larida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoi
y ta’minot, markazlashtirilgan 
investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va 
boshqalarning ehtiyojlarini qondi-
rishga yo’naltirilgan maqsadli fondlar 
tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy 
sohaning bo’linmalari va hokazolar o’rtasida mablag’larni qayta 
taqsimlash sodir 
bo’ladi. 
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir. 
Ular davlat byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida 
yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat 
byudjeti fondlari nisbatan tor doiralarga mo’ljallangan boshqa 
fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida 
tar-
moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha fondlarga 
bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi 
sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi, 
ma’muriy hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan 
xarakterlanadigan ko’p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir, 
degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu fond ko’p sonli 
taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi 
tomondan esa, to’ldirilib boriladi. 


Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va 
maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik 
hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag’larini 
qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda 
sarflanishi esa byudjetni taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida 
davlat byudjeti mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari, 
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, 
boshqa tomondan esa 
– sub’yekt-larning ixtiyoriga tushadigan 
qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi 
va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni 
shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ik-kiyoqlama xarakter davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
yakuniy 
emas, 
balki 
taqsimlash 
jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda 
davlat byudjeti fondlarining egasi 
– davlat va pul mablag’larini 
oluvchilar 
– sub’yektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari 
paydo bo’ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o’laroq) davlat va 
aholi o’rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari vujudga kelmaydi. 
Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajra-tilgan barcha 
davlat byudjeti resurslari tegishli sub’yektlarning fondlarini (masalan, 
ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va 
boshqalar) shakl-
lantirishga yo’naltiriladi. 
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham 
ob’yektiv 
iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetni 
taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt 
holda 
umumlashtiradi. 
Ularning 
moddiylashuvi 
byudjetdan 
sub’yektlarga pul mablag’larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi. 
Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha 
bo’lin-malariga 
xos bo’lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda 
sodir bo’ladi: pul fond-larini shakllantirish ulardan foydalanishidan 
oldin 
sodir 
etilmasdan, 
davlat 
byudjeti 
mablag’laridan 
foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi. 
Davlat 
byudjeti mablag’larini olgandan keyin sub’yektlar o’zlari-ning 
pul fondlarini 
tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o’z navbatida, ma’lum 
maqsadlarga mo’ljallangan kichik fond-larga bo’linadi. Shuning uchun 
ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit 
xarakterga ega bo’lib, 
ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb bo’lmaydi. Davlat byudjeti bu 
xara-
jatlarning o’lchamini limitlashtiradi (biroq to’liq dara-jada emas), 
xarajatlar esa sub’yektlarning o’zi tomonidan amalga oshiriladiki, 


bunda byudje
tdan moliyalashtirish tartibida pul mablag’lari yo’naltiriladi 
va shu 
erning o’zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi. 
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda, 
xarajatlar 
emas, 
balki 
amalda 
(haqiqatda) 
byudjetdan 
assignovaniyalari ajr
atiladigan mablag’larni tushunila-digan davlat 
byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish 
maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat 
byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi 
shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb 
bo’lmaydi. 
Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining 
xarajatlari o’zining turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda 
bo’lishi mumkin: 
– smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z 
daromadlariga ega bo’lmasdan davlat byudjetining mablag’lari 
hisobidan to’liq moliyalashtiriladi)
64

– davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda 
moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma 
mablag’lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi); 
– dotatsiya va subventsiyalar (bunda davlat byudjeti rejali- 
zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va 
boshqalar. 
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining ayrim 
shakllariga o’xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi 
ham mumkin. Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-larning bahosi 
uning haqiqiy qiymatidan past darajada o’rnatilib, sotilganda vujudga 
kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi. 
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish” 
tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng 
bo’lgan 
tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari davlat 
byudjeti kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa
bu kategoriyaning amalda sub’yektlarga aloqador barcha tadbirlar 
bilan 
mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakl- 
lantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub’yektlarga mab-lag’lar 
berilganidan so’ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan 
tashqarida davom etib, 
sub’yektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va 
ularning 
tarmoqlari, 
korxo-nalar 
va 
boshqalar) 
moliyasining 
elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida bayon etilgan usullarning 
64
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday sub’yektlarga ham o’zining 
asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmagan holda daromad 


ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi 
sharoitdagi davlat va biznes hamkorligi ham, o’z navbatida, shuni taqozo 
etadi. 


birortasini mustaqil davlat byudjeti kategoriyasi sifatida talqin qilish 
mumkin emas. Chunki ularning har biri davlat byudjeti kategoriyasi 
hisoblangan davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo’lish 
shaklidir. 
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda 
umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’-larni byudjetlar ichida 
taqsimlash va sub’yektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida 
vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining 
butun kom-pleksi tushuniladi. 
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyum-lashgan 
tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyum-lashgan qatlami 
yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida 
qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga, 
ichki jihatdan, qator iqtisodiy 
qonunlarning ta’siri ostida bo’lgan 
moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat byudjeti 
ko’p 
sonli va 
bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki 
(milliy) mahsulot harakatining asosiy 
yo’na-lishlarida namoyon bo’ladi. 
Aynan 
davlat 
byudjeti 
iste’mol va jamg’arish fondlarining 
shakllanishiga, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof 
daromadning davlat va 
sub’-ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi 
ta’sir ko’rsatadi. 
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida 
bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab 
beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin