o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit
yaratiladi.
Davlat
byudjeti
iqtisodiyotning
alohida
tarmoqlarining
rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan,
ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtiso-diyotda yangi tarmoq
vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda
byudjetdan moliyalash-
tirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Faoliyat ko’rsatayotgan sub’yektlarning
moliyaviy barqa-rorligini
ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. Turli
ob’yektiv va sub’yektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’yektlarning
o’z moliyaviy resurslari ularning sog’lom faoliyat ko’rsatishi uchun
etarli bo’lmay qolganda chetdan mablag’ jalb qilishga ehtiyoj
tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba
sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta,
bunday hollar-ning
barchasida davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarning o’z manbalari,
tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga
soluvchi manba sifatida foyda-laniladi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi
mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat
byudjeti yilida davlat byudjetiningxarajatlari
tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud
davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti
kredit-
larini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish.
Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning
o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning
uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi;
– qo’shimcha ehtiyojni hukumatning
zaxira fondlari hisobidan
qoplash va boshqalar.
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari
bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan
iqtisodiyotga
qilinayotgan
xara-jatlar
va
markazlashtirilgan
investitsiyalarni moliyalash-tirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga
xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash,
mada-
niyat, sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish,
ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim aha-miyat kasb etgan xizmatlar
bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari,
boshqaruv
va sud organlarini s
aqlash, fuqarolarning o’z-o’zini
boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa
qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini
ta’minlashda davlat byudjetining ahamiyati beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: