ko’rinishlaridan biridir. O‘z
navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli
bo’lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular
davlat
byudjeti
deb nomlangan kategoriyaga nisbatan
ma’lum darajada
bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, uning tarkibiy qismlari sifatida
maydonga chiqadi. Ana shunday davlat
byudjeti kategoriyalaridan
biri
davlat byudjetining daromadlaridir.
Davlat byudjeti daromadlarining
davlat byudjeti kategoriya-
larining ko’rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy
iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga
imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning sub’yektlar
(xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro
munosabatlarining aniq
chegaralangan, aniq-langan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar
xilma-
xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va
umumlashtirilgan,
abstrakt
holda
ishlab
chiqarish
(byudjet)
munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi.
Davlat
byudjeti daromadlari
o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’yektiv bo’lib,
ular
davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi)
bilan barqaror
aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’yektiv zarurligi davlatning o’ziga xos
funksiyalarga ega
bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi.
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod
ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’yekti (masalan,
korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi
(masalan, aholining oxirgi daro-
madlari) bo’lishi mumkin. Davlat
byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular
taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash
ob’yekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish va moliya-
lashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining
daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti kategoriyasi bo’lib,
ularni shakllantirish va ulardan foydalanish
taqsimlashning davlat
byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko’rinishlarini (qo’shilgan
qiymat solig’i, aktsizlar, daromad solig’i va boshqalar) davlat byudjeti
kategoriyalarining navbatdagi ko’rinish-lari sifatida talqin qilish uchun
asoslar etarli emas. Chunki mazmuniga
ko’ra iqtisodiy kategoriyalar
ob’yektiv bo’lib, ular iqtisodiy qonunlarning
harakatini ifodalasa,
ularning namoyon bo’lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’yektiv
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir
ko’rinishiga tegishli bo’lgan xususiyatlar ob’yektiv harakatdagi
(amaldagi)
iqtisodiy kategoriyaning
– davlat byudjeti daromadlarining
namoyon bo’lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to’g’riligini ko’p
yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davla
t byudjetiga to’lovlar ham mavjud bo’ladi.
Lekin byudjetga to’lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda
jamiyatning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o’zgarib
boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga
to’lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o’ynashi, vaqt o’tishi bilan
esa ular o’z ahamiyatini yo’qotib, boshqa to’lovlar bilan
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida,
Dostları ilə paylaş: